Pedagogik innovatsiyalar institutida navbatdagi Namunaviy ochiq dars o‘tkazildi
Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Namunaviy darslarni tashkil etish jadvaliga muvofiq joriy yil 11 noyabr kuni “Personalni boshqarish” kafedrasi dotsenti Kadirova Gulnora Xasanovna ta’lim muassasalari direktorlari guruhida “Ijtimoiy sheriklikni OAVlarida yoritish” mavzusida Namunaviy ochiq dars o‘tkazdi.
Namunaviy ochiq dars davomida tinglovchilar ijtimoiy sheriklik munosabatlari va Ommaviy axborot vositalarida materiallarni yoritish borasida o‘zaro tajriba almashdilar. Shuningdek tinglovchilar ushbu mavzularning amaliy ahamiyatini “Kouching” metodi asosida o‘zlari rahbarlik qilayotgan ta’lim muassalari misolida yoritib berdilar.
Mavzu doirasida tinglovchilarning malakalarini oshirishda raqamli texnologiyalar va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanildi.
Namunaviy ochiq darsda direktor o‘rinbosarlari B.Shoyqulov, D.Ro‘ziyev, “Monitoring va baholash bo‘limi” mutaxassislari X.Sultonova, D.Ismatova, “Personalni boshqarish” kafedrasi mudiri E.Xayitov, dotsent I.Alqarov, bosh mutaxassis Z.Gafurova, doktorantlar N.Kuvatova hamda S.O‘ralovlar ishtirok etishdi.