Qarshi yengil sanoati kollejida “Professional taʼlim tizimida kadrlar tayyorlashning dual tizimini joriy etishning oʻquv meʼyoriy asoslari va metodik taʼminotini yaratish” loyihasi doirasida seminar trening o‘tkazildi
Joriy yilning 10 noyabr kuni O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilari uyushmasi (UZTEA) tomonidan “Professional taʼlim tizimida kadrlar tayyorlashning dual tizimini joriy etishning oʻquv meʼyoriy asoslari va metodik taʼminotini yaratish” loyihasi doirasida taklif qilingan xalqaro ekspert Lesslie Kirkham va loyihaning milliy ekspertlari ishtirokida Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi yengil sanoati kollejida seminar trening tashkil etildi.
Seminar-treningda xalqaro ekspert Lesslie Kirkham kollej rahbariyati, jamoasi va taklif etilgan mutaxassialar uchun “Dual ta'limda XXI asr ko‘nikmalari” mavzusida taqdimot qildi. Seminar-trening jarayonida xalqaro expert bilan birga UZTEA raisi F.M.Rashidova, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar instituti World skills dual ta‘lim va o‘quv amaliyotlarini metodik ta‘minlash bo‘limi boshlig'i A.Madjitov tinglovchilar savollariga javob berishdi.
Seminar yakunida Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasi ko‘chatlar ekdilar.