Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida xorijiy va milliy ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2022 yil 25-26 oktabr kunlari Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tgan “Professional ta’limni takomillashtirish (TVET)” va YUNESKOning 2022-2029 yillarga mo‘ljallangan “Global professional ta’lim strategiyasi” ishga tushirilishi mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyaning davomi sifatida 10 noyabr kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida  Milliy professional ta’lim strategiyasi loyihasini ko‘rib chiqish va uni birgalikda ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan xorijiy va milliy ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasiga jalb etilgan kollejlarga xarid qilinadigan jihozlar turi va miqdori ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida YUNESKO xalqaro eksperti Jean-Marc Castejon, Mariko Fujisawa professional ta’lim to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazdi.

220