Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniyada Dual ta’lim tajribasi o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida amalga oshirilgan “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab quvvatlash” loyihasi doirasida soha mutasaddilari va mutaxassislari professional ta’limda Dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish maqsadida Germaniyada xizmat safarida bo‘lishdi.
Ishtirokchilar Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bosh ofisi (GIZ), Federal kasb-hunar ta’limi instituti (BIBB), Leypsig tarmoqlararo professional tayyorlash va malaka oshirish markazi (Zentrum Fur Aus-Und Weiterbildung Leipzig GmbH (ZAW Leipzig)) Leypsik savdo va sanoat palatasi (IHK zu Leipzig), Germaniya ish beruvchilar uyushmalari assosatsiyasi (BDA), Saksoniya iqtisodiyoti o‘quv markaz (Bildungswerk der Sächsischen Wirtschaft (BSW)), Vowalon Beschichtung GmbH (TBC) kompaniyasi, Sakson iqtisodiyotining o‘quv markazi, Volksvagen Drezden zavodi va Germaniya hunarmandchilik markaziy assosatsiyasi (ZDH) kabi davlat muassasalari, korxona va o‘quv markazlariga tashrif buyurdilar.
Joriy yilning 5 noyabr sanasida Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xizmat safaridan olingan yangi bilim va tajribalar ya’ni, Germaniyada Dual ta’lim joriy etilishining huquqiy asoslari, tamoyillari, Dual ta’lim tizimi ishtirokchilarining majburiyatlari haqidagi ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot o‘rnida:“O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab quvvatlash loyihasi” 2024 yilga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Umumiy qiymati 7 mln. yevrolik dastur doirasida 650 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislarning Germaniyada va O‘zbekistonda professional ta’lim sohasida malaka oshirish ko‘zda tutilgan.