Yangiliklar

Hamkorlik shartnomasi imzolandi va o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi

Pedagogik innovatsiyalar institutida respublikamiz oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik shartnomalari imzolanishi davom qilmoqda. 2022 yilning 3-noyabr kuni institutda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali bilan birgalikda atoqli olimlar, professor o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar bilan innovatsion loyihalarni bajarilishiga, xorijiy dasturlarni jalb etish va hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishini hamda o‘zaro tajriba almashishni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Imzolangan shartnomaning muhim jihati professional ta’lim sohasida ilmiy ishlarni olib borayotgan tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga va tomonlar xodimlarini xalqaro va milliy loyihalarda ishtirok etishga jalb etish, shuningdek turli ilmiy dasturlarda birgalikda ishtirok etish, ilmiy-texnologik muammolarni tadqiq qilishga qaratilgan.

Tomonlar ushbu hujjat ta’lim sohasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

285