Murojaatlar nazoratga olindi, tashabbus va takliflar qo‘llab-quvvatlandi
Joriy yilning 25 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining 2022 yil 26 sentabrdagi 07-2534-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbarlarining joriy yilning sentabr-noyabr oylarida hududlarda o‘tkaziladigan ommaviy sayyor qabullar jadvali”ga asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov rahbarligida Samarqand shahar kasb-hunar maktabi binosida Samarqand viloyati uchun “Sayyor qabul” o‘tkazildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan qabulda yoshlar, ota-onalar, oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimi xodimlari ham o‘z muammo va takliflarini erkin tarzda vazirning birinchi o‘rinbosariga bildirdilar.
Vazirining birinchi o‘rinbosari va boshqa mas’ullar har bir fuqaroning muammo va takliflarini tinglab, masalalarga yechim topish chorasini ko‘rdi.
Sayyor qabulda aholidan kelib tushgan 12 ta murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi, jumladan rus tilida darsliklarning yetishmovchiligi, o‘qishni ko‘chirish, to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga imtiyozlar ajratish, onlayn ta’lim tizimi o‘qishga kirishda imtiyozlar yaratish masalalari o‘rin oldi.
Qabuldan so‘ng dolzarb 40 kunlik tadbirlari doirasida Samarqand shahar kasb-hunar maktabida tashkil etilgan yashil makon bog‘ida vazir o‘rinbosari Komiljon Karimov tomonidan 10 tub archa manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.