Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida navbatdagi Namunaviy ochiq dars o‘tkazdi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Namunaviy darslarni tashkil etish jadvaliga muvofiq joriy yil 24 oktabr kuni “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” dotsenti Shoraximov Murodxon Shomaksudovich Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari guruhida “Kasb ishiga yo‘naltirish” mavzusida Namunaviy ochiq darsni o‘tkazdi.

M.Shoraximov namunaviy ochiq darsida tinglovchilarda kasbga yo‘naltirish ishlarni tashkil etish bo‘yicha bilimlarini yanada rivojlantirdi. Ilg‘or xorijiy mamlakatlardagi kasbga yo‘naltirish ishlari bilan tanishtirdi. Modul bo‘yicha yangi bilimlarni shakllantirishda axborot kommunikatsiyalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalandi.

Namunaviy ochiq darsda: Monitoring va baholash bo‘limi boshlig‘i F.Masavirov, A.Avliyoqulov va D.Ismatovalar ishtirok etdi.

251