Yangiliklar

Vazir o‘rinbosari Samarqand imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabidagi o‘quvchilar bilan uchrashdi

Joriy yilning 21-oktabr sanasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova Samarqand viloyatidagi kasb-hunar maktablari faoliyati bilan tanishdi.

Samarqand viloyatida bugungi kunda 73 ta professional ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur tizimni xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilishga muhim e’tibor qaratilmoqda.

Samarqand imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabidagi uchrashuv mazmunli kechdi. Vazir o‘rinbosari bu yerda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi, ularning kelajakdagi orzu-rejalari bilan qiziqdi.

Kasb-hunar maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tikuvchilik hamda maxsus poyabzal ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hunar o‘rganayotgan yoshlar tomonidan tayyorlanib, xaridorlar va buyurtmachilarga yetkazib berilayotgan mahsulotlar barchaning e’tiborini tortdi.

Shuningdek, o‘quvchilar yotoqxonasi, bu yerda tashkil etilgan “Mohir qo‘llar” to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ayniqsa, mehmonning maktab faollar zalida o‘quvchilar bilan tadbirda ishtirok etgani, samimiy va qiziqarli suhbat hech kimning yodidan chiqmaydigan bo‘ldi.

Manba: samusspo.uz

298