Professional ta’limni innovatsion rivojlantirish yoʻlida Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik
Joriy yilning 27-sentabr kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish institutioʻrtasida hamkorlik doirasida “Modulli dasturlar, tarmoq dasturlari, qoʻshma dasturlarni shakllantirish boʻyicha zamonaviy uslubiy yondashuvlar masalasi” mavzusidagi axborot-uslubiy seminar oʻtkazildi.
Seminarda modulli dasturlarni yaratishda kasbiy standartlarning ahamiyati hamda ulardan samarali foydalanish usullari oʻzaro muhokama qilindi va tajriba almashinildi. Seminar koʻtarinki ruhda hamda bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtdi.