Pedagogik innovatsiyalar institutida "Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida seminar tashkil etildi.
Seminarda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori pedagogika fanlari doktori, professor Olimov Qaxramon Tanzilovich qatnashdi.
Seminarda Respublikamizda so‘nggi yillarda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashdagi islohotlar, jumladan, doktorlik dissertatsiyalarining tayyorlashda, tuzilishida va mazmuniga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Seminarda institut rahbariyati, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi.