Pedagogik innovatsiyalar institutida Ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 30 avgust kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida kengaytirilgan Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining Professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Siddiqova Sadoqat G‘affarovna ishtirok etdi.
U Institut jamoasini Respublikamiz Mustaqilligining 31 yilligi va boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, tizimning boshqaruv va pedagog xodimlarini malakasini oshirish, ta’lim muassasalari uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ularga amaliy-uslubiy yordamlarni ko‘rsatish samarali olib borayotganligini aytib o‘tdi. Shuningdek, kelgusida professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsad va vazifalarni belgilab berdi:
professional ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashni yaxshilash maqsadida ta’lim dasturlari mazmunini xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda ishlab chiqish;
mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, o‘quv jarayonlarini ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflarini hisobga olgan holda tashkil etish;
professional ta’lim muassasalari uchun yaratiladigan o‘quv adabiyotlar, elektron ta’lim resurslari va metodik qo‘llanmalarni yaratish;
o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;
ishlab chiqarish korxonalari bilan mehnat munosabatlariga kirishish, dual ta’lim shaklini rivojlantirish, o‘quvchilar amaliyotini yuqori saviyada tashkil etish, ularni ish bilan band qilish choralarini ko‘rish;
professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yanada samarali tashkil etish lozimligini bildirdi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Professional ta’lim tizimidagi samarali mehnati va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishda faol ishtirok etganligi uchun Instituti ilmiy kotibi Ashurova Sanobar Yuldashevna, boshqarma boshliqlari Xudayberdiyev O‘ktamjon Saliyevich va Abrayqulov Abdimalik Umbarovich, bo‘lim boshliqlari Jo‘rayev Elbek Sa’dullayevich, Ergashev Elyor Kamolovich, Amanova Maxsuda Abdugaffarovna va Xudayberganov Toxir Farxadovich, kafedra mudirlarii Shasalimov Jamalxon Shasidikovich va Mamarasulov Fazliddin Umarovich, bosh mutaxassislar Abduraxmanova Nigora Kalandarovna, Ustababayeva Hafiza Artikovna va Ibragimov Vaxid Maxmudovichlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi.