Institutning Maqsadi, Asosiy Faoliyat Yo'nalishlari va Vazifalari

    Institutning maqsadi – boshlang‘ich, о‘rta va о‘rta maxsus profsssional ta’lim tizimini rivojlantirish, rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

    Institut belgilangan maqsadlarga erishish bо‘yicha quyidagi yо‘nalishlarda о‘z faoliyatini amalga oshiradi:

  • professional ta’lim dasturlari mazmuni va tuzilmasini doimiy ravishda takomillashtirib borish;
  • о‘quv-meyoriy hujjatlarni yaratish bо‘yicha tavsiya va yо‘riqnomalarni ishlab chiqish;
  • professional ta’limga pedagogik innovatsion texnologiyalarning ilg‘or shakl va metodlarini joriy etish, о‘quv dasturlari, fan va texnologiyalarning innovatsion yutuqlari asosida о‘quv jarayonini tashkil etish;
  • tizim rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
  • Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim tizimini rivojlantirish yо‘nalishi bо‘yicha Institutning asosiy vazifalari:

    О‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimi uchun “hayot davomida ta’lim olish” prinsipiga asoslangan ilg‘or xorij tajribasi hamda iqtisodiyotning real sektorlaridagi о‘zgarishlarni hisobga olgan holda professional ta’lim dasturlari, namunaviy о‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;

    Professional ta’lim muassasalari uchun yaratilgan о‘quv va о‘quv-metodik adabiyotlarini nashr etilishi hamda yetkazilishini tashkil etish;

    Professional ta’lim muassasalarini о‘quv mashg‘uloti jurnallari, о‘quvchilar guvohnomalari, davlat namunasidagi diplom va diplom ilovalari hamda sertifikat va akademik ma’lumotnoma blankalari bilan ta’minlash:

  • Xorijiy davlatlarning ta’lim vazirliklari, О‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning professional ta’lim muassasalarini bitirganlik haqidagi diplomlarini haqiqiyligini tasdiqlash tо‘g‘risidagi surovnomalariga ma’lumotlar berish;
  • innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil etish, о‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini о‘quv jarayoniga joriy etishda metodik yordam kо‘rsatish;
  • professional ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan birgalikda professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bо‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining metodik kо‘maklashish bо‘yicha maslahatchi-metodistlar xizmati ishlarini muvofiqlashtirish va ylapga metodik rahbarlik qilish;
  • masofaviy ta’limni keng joriy etish va uning metodik ta’minotini ishlab chiqish;
  • professional ta’lim sohasida interaktiv xizmatlar kо‘lamini kengaytirish, elektron ta’lim va ta’lim jarayonini boshqarishning elektron tizimini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
  • idoraviy bо‘ysinuvidan qat’iy nazar professional ta’lim muassasalarining rahbar, о‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini qayta tayyorlash va malaka oshirishlarini tashkil qilish;
  • professional ta’lim muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish;
  • idoraviy bо‘ysunuvidan qat’iy nazar professional ta’lim tizimi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish kurslarini ularning boshqaruv, kasbiy va pedagogik kompetensiyalar diagnostikasi asosida tashkil etish va monitoringini olib borish;
  • rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tabaqalashtirilgan namunaviy о‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish, о‘rnatilgan tartibda tasdiqlash va joriy etish;
  • rahbar va pedagog kadrlarning, xususan, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malaka oshirishlarini tashkil qilishda ta’limning ishlab chiqarish bilan о‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash;
  • professional ta’lim tizimi muammolari bо‘yicha ilmiy-tadqiqotlar о‘tkazish;
  • nodavlat ta’lim muassasalari, shuningdek О‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida tinglovchilarning siyosiy, ma’naviy, madaniy va ma’rifiy dunyoqarashlarini rivojlantiruvchi darsdan tashqari tadbirlar tashkil qilish.