O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi
«Professional talim tizimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish
to‘g‘risida»gi 106-son qarorini ijro etish yuzasidan: Quyidagilar Institutning
asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimi uchun “Hayot davomida ta’lim
olish” prinsipiga asoslangan ilg‘or xorij tajribasi hamda iktisodiyotning real
sektorlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda
professional ta’lim dasturlari, namunaviy o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini
ishlab chiqishni tashkil etish;
Professional ta’lim muassasalari uchun yaratilgan o‘quv va o‘quv- metodik
adabiyotlarini nashr etilishi hamda yetkazilishini tashkil etish;
Professional ta’lim muassasalarini o‘quv mashg‘uloti jurnallari, o‘quvchilar
guvohnomalari, davlat namunasidagi diplom va diplom ilovalari hamda sertifikat
va akademik ma’lumotnoma blankalari bilan ta’minlash;
xorijiy davlatlarning ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va
idoralari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning professional ta’lim
muassasalarini bitirganlik haqidagi diplomlarini hakiqiyligini tasdiqlash
to‘g‘risidagi so‘rovnomalariga
ma’lumotlar berish;
innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil
etish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘quv jarayoniga joriy
etishda metodik yordam ko‘rsatish;
professional ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshkarmalari
bilan birgalikda professional ta’lim muassasalarida talim sifatini oshirish
bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni
rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining metodik
ko‘maklashish bo‘yicha maslahatchi-metodistlar xizmati ishlarini
muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik
qilish;
masofaviy ta’limni keng joriy etish va uning metodik ta’minotini ishlab
chiqish;
professional ta’lim sohasida interaktiv xizmatlar ko‘lamini kengaytirish,
elektron ta’lim va ta’lim jarayonini boshqarishning elektron tizimini joriy
etish ishlarini tashkil qilish;
idoraviy bo‘ysinuvidan qat’iy nazar professional ta’lim muassasalarining
rahbar, o‘kituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini qayta tayyorlash va
malaka oshirishlarini tashkil qilish; professional ta’lim
muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini
innovatsion yondashuv asosida tashkil etish; idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar
professional ta’lim tizimi muassasalari rahbar
va pedagog kadrlarining malakasini oshirish kurslarini ularning boshqaruv,
kasbiy va pedagogik kompetensiyalar diagnostikasi asosida tashkil etish va
monitoringini olib borish;
youtube.com/watch?v=tzKgSzw0y6k
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning
tabaqalashtirilgan namunaviy o‘quv reja va dasturlarini ishlab chikish,
o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash va joriy etish;
rahbar va pedagog kadrlarning, hususan, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining
malaka oshirishlarini tashkil qilishda ta’limning ishlab chiqarish bilan o‘zaro
samarali hamkorligini ta’minlash;
professional ta’lim tizimi muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish;
nodavlat ta’lim muassasalari, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan
xalqaro tashkilotlar va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni
rivojlantirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida tinglovchilarning siyosiy, ma’naviy,
madaniy va ma’rifiy dunyoqarashlarini rivojlantiruvchi darsdan tashqari
tadbirlar tashkil qilish.