Institut tarxi

  • О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish tо‘g‘risida”gi 77-sonli qarori bilan О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining sifatli ta’lim va kasb-hunar dasturlarini yaratish, ilg‘or ilmiy va uslubiy yutuqlar asosida sifatli kadrlar tayyorlash maqsadida Kasb-hunar ta’limi instituti va О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika kasb-hunar-texnika ta’limi xodimlarining malakasini oshirish instituti negizida О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti tashkil etilgan.
  • О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi “О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi 342-son qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Markaz huzurida О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti negizida О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etilgan.
  • О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 14 apreldagi “О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 91-sonli qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati tashkil etilgan.
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi PQ-3504-sonli qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining О‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati negizida Markaz huzurida Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etilgan.
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va о‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4391-sonli qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti negizida О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etilgan.