O‘quv adabiyotlar va me’yoriy hujjatlarni nashr etish bo‘limi

O‘quv adabiyotlar va me’yoriy hujjatlarni nashr etish bo‘limi

O‘quv adabiyotlar va me’yoriy hujjatlarni nashr etish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti


Maqsadi:

    Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining "Noshirlik faoliyati to‘g‘risida"gi va boshqa amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5763-son Farmoni va "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4391-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5812-sonli Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’at qarorlari, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Nizomi va boshqa me’yoriy hujjatlar hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

   Bo‘limda 2021 yil yanvar-iyul oylarida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

  1. Diplomlar bo‘yicha: Professional ta’lim muassasalari uchun davlatnamunasidagi hujjat blankalari O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi "Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashgabuyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibito‘g‘risida" 283-son hamda 2020 yil 19 noyabrdagi Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsusprofessional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlashhaqida 734-sonli qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

    2021 yil yanvar-iyun oylarida professional ta’lim muassasalarini bitirib ketgan fuqarolar tomonidan yo‘qolgan diplom blankalari o‘rniga jami 2172 dona dublikat diplom blankalari berildi.

    2021 yilda qisqa muddatli kurslarni bitirgan fuqarolarga 17 ming nusxada sretifikat blankalari tarqatildi.

    Professional ta’lim muassasalari bo‘yicha Institut tomonidan http://proftalim.edu.uz platforma yaratildi. Mazkur platformaga orqali berilayotgan qisqa muddatli kurslarning sertifikatlari va diplom blankalari to‘liq kiritib borilmoqda.

    "Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi va 2021 yil 18 yanvarda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

  1. O‘quv adabiyotlar bo‘yicha: 2021 yil may oyida "Professional ta’limmuassasalarini o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi O‘zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi vao‘rnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim etildi.

    2021-2022 o‘quv yilida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘laridan 4,2 mlrd mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘lar hisobiga 200 nomdagi o‘quv qo‘llanmalarni nashr etish rejalashtirilgan.

    Kasb hunar maktablari o‘quvchilarini umumta’lim fanlaridan yaratilgan darsliklar bilan ijara tizimi orqali ta’minlash borasida Xalq ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ishlar olib borildi va hududiy boshqarmalar orqali umumta’lim fanlari kitoblari ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.

    2001-2019 yillarda kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitiruvchi o‘quvchilariga berilgan davlat namunasidagi hujjat blankalari bo‘yicha “Excel” programmasida elektron baza shakllantirildi. 2020 yilda kasb-hunar kollejlarini bitirayotgan o‘quvchilar uchun berilgan davlat namunasidagi hujjat blankalari to‘g‘risida elektron baza yaratilmoqda. Shu bilan birgalikda mazkur bitiruvchilar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus programmaga kiritilib borilmoqda.

  1. Murojaatlar bo‘yicha: O‘quv adabiyotlari va me’riy hujjatlarni nashr qilish bo‘limiga 2021 yil yanvar-fevral oylarida 410 ta murojaat xatlari kelib tushgan. Jumladan:

    Xorijiy davlatlarda o‘qiyotgan fuqarolarning diplomlarini haqiqiyligini tasdiqlab berish bo‘yicha 366 ta murojaat;

    Vazirlik va idoralardan 3 ta;

    Fuqarolar tomonidan 15 ta;

    O‘zbekiston Respublikasi Prezideniga ishonch telefoni orqali 26 ta murojaatlar kelib tushgan. Barcha murojaatlarning ijrosi o‘z muddatida bajarilgan.

    2021 yil 1 may oyidan boshlab murojaatlar Ijro intizomi idoralararo yagona ijro.uz elektron tizimi orqali qabul qilinmoqda. Bugungi kunga qadar ijro.uz elektron tizimi orqali jami 209 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:

    Xorijiy davlatlarda o‘qiyotgan fuqarolarning diplomlarini haqiqiyligini tasdiqlab berish bo‘yicha 171 ta murojaat 43 tasi ish jarayonida;

   Vazirlik va idoralardan kelib tushgan xatlari jami 24 tani tashkil etib, 15 tasi ijrosi taminlangan. 9 ta murojaat ish jarayonda;

   Fuqarolar tomonidan 15 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan 14 tasi o‘z muddatida bajarilgan, 1 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qaytarilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali 3 ta murojaat kelib tushgan va o‘z muddatida ko‘rib chiqilib ijrosi ta’minlangan.

Yangiliklarimizga obuna bo'lishni xohlaysizmi?

Bizning saytimizga a'zo bo'ling va eng birinchilardan bo'lib yangiliklardan xabardor bo'ling

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..