Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 2021 yilning 6 oylik hisoboti

Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 2021 yilning 6 oylik hisoboti

Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (Pedagogik innovatsiyalar instituti)da malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarni tashkil etish borasida 2021 yilning 1 yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot


Maqsadi:

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 23 dekabrdagi 672-son buyrug‘i asosida Pedagogik innovatsiyalar instituti tomonidan 2021 yil yanvar oyidan boshlab jami 13 ta toifadagi (Direktorlar, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, O‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Bosh ustalar, Bo‘lim boshliqlari, Tadbirkorlik fani o‘qituvchilari, Guruh rahbarlari, Psixologlar, Boshqaruv kadrlar zahirasi) 7149 nafar rahbar va pedagog xodimlar kontingentini qamrab olinishini ta’minlashga qaratilgan malaka oshirish ishlari tashkil etildi. Ulardan 4215 nafari bevosita Pedagogik innovatsiyalar institutida, qolgan 2934 nafari hududlarda tashkil etilgan 12 ta ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari huzuridagi malaka oshirish markaz (fakultet)larida malaka oshirishi ko‘zda tutilgan.

    Pedagogik innovatsiyalar institutida 4215 nafar boshqaruv va pedagog kadrlarni malakasini oshirish mashg‘ulotlarining jami o‘quv yuklamasi 17188 soatni tashkil etib, o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Innovatsion ta’lim texnologiyalari, Personalni boshqarish va Ta’limda boshqaruv kafedralari tarkibida jami 23,5 professor-o‘qituvchilar shtat birliklari ajratildi. Ushbu kafedralarning shtat birliklariga jami 32 nafar professor-o‘qituvchilar ishga qabul qilingan, ulardan 18 nafari asosiy shtatda, 14 nafari ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritadi. Pedagogik innovatsiyalar instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlarining  ilmiy salohiyati 60% ni tashkil etadi (5 nafar fan doktori, 15 nafar fan nomzodi),

    Joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 13 ta toifa bo‘yicha 2537 (jumladan, yanvarda – 140, fevralda – 410, martda – 471, aprelda - 548, mayda - 495, iyunda - 473) nafar rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi.

    Bundan tashqari, hududlarda 12 ta ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan malaka oshirish markaz (fakultet) larida 1732 nafar pedagog va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakalari oshirildi. Qayta tayyorlash kurslarida 25 nafar tinglovchilar bilan mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Covid-19 pandemiyasi munosabati bilan yanvar, fevral, aprel, may, iyun oylarida mashg‘ulotlar online shaklda, mart oyida an’anaviy shaklda tashkil etildi.

   Joriy o‘quv yili boshlanguniga qadar malaka oshirishni zamonaviy talablar asosida tashkil etish maqsadida 13 ta toifadagi boshqaruv va pedagog kadrlarni malakasini oshirish kurslari uchun o‘quv rejalar va ularning tarkibiga kiruvchi 71 ta fan (modul)lar  namunaviy  o‘quv dasturlari qayta ishlab chiqilib,   Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Malaka oshirish kurslari o‘quv rejalariga o‘zida zamonaviy bilimlarni mujassam etgan “rahbarning “soft skills” kompetensiyalarini rivojlantirish”, “ta’lim muassasasi o‘quvchilarining “worldskills” standartlari asosida kompetensiyalarini shakllantirish”, “dual ta’lim tizimi tamoyillarini joriy etish”, “tadbirkorlikka yo‘naltirilgan ta’lim”, “mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil etish”, “simulyatsion o‘qitishni tashkil etish”, “ta’lim natijalariga mo‘ljallangan o‘quv jarayonini tashkil etish” hamda “tajriba sinov ishlarini tashkil etish” kabi zamonaviy modullar joriy etildi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 14 iyulda “Yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida” mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 58-sonli bayoni topshiriqlari hamda ularning ijrosi yuzasidan qabul qilingan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 2 sentabrdagi 460-son buyrug‘i asosida Pedagogik innovatsiyalar institutida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab professional ta’lim muassasalari tadbirkorlik ta’limi bo‘yicha o‘qituvchilarni qisqa muddatli maqsadli qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslarga joriy o‘quv yilida 258 nafar pedagoglar jalb etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning fevral-iyun oylarida 78 nafar pedagoglarning malakalari oshirildi.

   O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4884-son qarorida professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan guruh rahbarlarining malakasini oshirish vazifasi belgilangan. Shu asosda 2020-2021 o‘quv yilida 2446 nafar guruh rahbarlari uchun 72 soatli qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilib, joriy yilning fevral-iyun oylarida mazkur kontingentning 1397 nafarining malakasi oshirilib, ularga tegishli sertifikatlar taqdim etildi.

   Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 fevraldagi 106-son qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 5 apreldagi 167-son buyrug‘i topshiriqlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Institutning 14 ta hududiy malaka oshirish fakultetlari faoliyati tashkil etildi.

   Mazkur Qarorda belgilab berilgan «Hayot davomida ta’lim olish» tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni ta’minlashga qaratilgan elektron portfolio tizimi joriy etildi va bugungi kunda ushbu portalning ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda (725 ta professional ta’lim muassasalari, 12 ta ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari huzuridagi malaka oshirish markaz (fakultet)lari, boshqaruv va pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilmoqda).

   Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 19 martdagi 141-son buyrug‘i bilan Institutning yangilangan Ustavi va tuzilmasi tasdiqlandi.

   Professional ta’lim muassasalarining boshqaruv va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan Davlat ta’lim talablari tasdiqlandi.

   Institutning yangilangan tuzilmasiga muvofiq Institutning tarkibiy bo‘linmalari, kafedralar va dekanatning Nizomlari ta’lim tizimining ustuvor vazifalarini inobatga olgan xolda qayta ishlab chiqilib, xodimlar o‘rtasida funksional vazifalar qayta taqsimlandi.

   “Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida na’munali darslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi tasdiqlandi.

   Bundan tashqari, Institutning quyidagi 

   “Professional ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini  qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish tartibi va ularning tuzilishi, mazmuni va rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom”;

   “Professional ta’lim tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishning yakuniy attestatsiyasini tashkil etish tartibi”;

  “Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida darslarni tahlil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma”;

   “Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va uning hududiy filiallmalaka_oshirisharida dars jadvalini tuzish tartibi to‘g‘risida nizom” nomli lokal hujjatilar takomillashtirilib, tasdiqlash uchun taqdim etildi.

   Professional ta’lim tizimida an’anaviy o‘qitish usullarini mustasno etmagan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyati sohasida innovatsion texnologiyalar asosida har bir tinglovchiga individual yondashish imkonini beruvchi va uning ta’limiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan, ta’lim natijalarini ob’ektiv baholashni ta’minlaydigan dasturiy-algoritmli platformani yaratish bo‘yicha ijodiy guruh shakllantirilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 martdagi 84-05-228-son xati bilan Innovatsion rivojlanish vazirligiga murojaat etildi.

   Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini tadbiq etish maqsadida joriy yilning yanvar oyida Belarus Respublikasining Professional ta’limning respublika instituti (RIPO), Rossiya Federatsiyasining Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) hamda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

   2021 yil 23 iyun kuni “Prpofessional ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlari malakasini oshirishda my.moqt.uz portalida yaratilgan elektron platforma orqali masofaviy ta’lim resursidan foydalanish hamda shu asosida malaka oshirish jarayoni samarasini yanada oshirish” mavzusida onlayn respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi.

   2021 yil 24-25 iyun kunlari RUDN professor-o‘qituvchilari tomonidan professional ta’lim muassasalari rus tili o‘qituvchilarini kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha «Sovremennыe metodiki prepodavaniya russkogo yazыka kak nerodnogo (inostrannogo). Ispolzovanie rossiyskix elektronnыx obrazovatelnыx resursov v prepodavanii russkogo yazыka za rubejom» mavzusida professional ta’lim muassasalanri rus tili fani o‘qituvchilari uchun onlayn o‘quv-seminar o‘tkazildi.

   2021 yil 30 iyun kuni RUDN professor-o‘qituvchilari tomonidan professional ta’lim muassasalari rus tili o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun onlayn o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Yangiliklarimizga obuna bo'lishni xohlaysizmi?

Bizning saytimizga a'zo bo'ling va eng birinchilardan bo'lib yangiliklardan xabardor bo'ling

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..