Institutning asosiy vazifalari

Institutning asosiy vazifalari

Institutning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari

Service charge / Sum

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi «Professional talim tizimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi 106-son qarorini ijro etish yuzasidan:


Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:

  • O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimi uchun “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipiga asoslangan ilg‘or xorij tajribasi hamda iktisodiyotning real sektorlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda professional ta’lim dasturlari, namunaviy o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
  • Professional ta’lim muassasalari uchun yaratilgan o‘quv va o‘quv- metodik adabiyotlarini nashr etilishi hamda yetkazilishini tashkil etish;
  • Professional ta’lim muassasalarini o‘quv mashg‘uloti jurnallari, o‘quvchilar guvohnomalari, davlat namunasidagi diplom va diplom ilovalari hamda sertifikat va akademik ma’lumotnoma blankalari bilan ta’minlash;
  • xorijiy davlatlarning ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning professional ta’lim muassasalarini bitirganlik haqidagi diplomlarini hakiqiyligini tasdiqlash to‘g‘risidagi so‘rovnomalariga ma’lumotlar berish;
  • innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘quv jarayoniga joriy etishda metodik yordam ko‘rsatish;
  • professional ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshkarmalari bilan birgalikda professional ta’lim muassasalarida talim sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining metodik ko‘maklashish bo‘yicha maslahatchi-metodistlar xizmati ishlarini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish;
  • masofaviy ta’limni keng joriy etish va uning metodik ta’minotini ishlab chiqish;
  • professional ta’lim sohasida interaktiv xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, elektron ta’lim va ta’lim jarayonini boshqarishning elektron tizimini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
  • idoraviy bo‘ysinuvidan qat’iy nazar professional ta’lim muassasalarining rahbar, o‘kituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini qayta tayyorlash va malaka oshirishlarini tashkil qilish;
  • professional ta’lim muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish;
  • idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar professional ta’lim tizimi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish kurslarini ularning boshqaruv, kasbiy va pedagogik kompetensiyalar diagnostikasi asosida tashkil etish va monitoringini olib borish;
  • rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tabaqalashtirilgan namunaviy o‘quv reja va dasturlarini ishlab chikish, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash va joriy etish;
  • rahbar va pedagog kadrlarning, hususan, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malaka oshirishlarini tashkil qilishda ta’limning ishlab chiqarish bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash;
  • professional ta’lim tizimi muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish;
  • nodavlat ta’lim muassasalari, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida tinglovchilarning siyosiy, ma’naviy, madaniy va ma’rifiy dunyoqarashlarini rivojlantiruvchi darsdan tashqari tadbirlar tashkil qilish.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..