О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi “О‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “О‘zagroservis” AJ ning Qо‘shma qarori asosida 2019 yil 11-21 noyabr kunlarida seminar tashkil etildi
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi “О‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “О‘zagroservis” AJ ning Qо‘shma qarori asosida 2019 yil 11-21 noyabr kunlarida seminar tashkil etildi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xо‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xо‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xо‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish bо‘yicha ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan...

2019 yil 11 noyabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri о‘rinbosari M.Xolmuxamedov, “О‘zagroservis” AJning Qishloq xо‘jaligi texnikalari va ularning ehtiyot qismlarga bо‘lgan talabini shakllantirish bо‘limi boshlig‘i Pо‘latov Xoljigit Erdanovich, Axborot xizmati, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti О‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini metodik ta’minlash bо‘limi metodistlari va boshqa ishlab chiqarish korxonalarining vakillari, kasb-hunar kollejlari maxsus fan va ishlab chiqarish ta’lim ustalari bilan hamkorlikda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va  ularning malakasini oshirish institutida о‘quv seminar soat 10-00 da boshlandi.

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri о‘rinbosari M.Xolmuxamedov- Seminar ochiq deb e’lon qildi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xо‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xо‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-son qarori, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 2 oktabrdagi “Qishloq xо‘jaligi texnikalariga xizmat kо‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bо‘yicha mutaxassislarni malakasini oshiradigan о‘quv markazlari tashkil etish tо‘g‘risida”gi 885-sonli buyrug‘iga asosan Respublikaning barcha hududlarida 13 ta о‘quv markazlari tashkil etilgan.

О‘quv seminar maqsadi:

  • Qishloq xо‘jaligi texnikalariga xizmat kо‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bо‘yicha mutaxassislarni malakasini oshiradigan о‘quv markazlarining maxsus fan о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari (trenerlar)ning kasbiy malaka va kо‘nikmalarini rivojlantirish.
  • Trenerlarni respublikasizda ishlab chiqarilyotgan zamonaviy qishloq xо‘jalik texnikalari bilan tanishtirish va bevosita ulardan foydalanishni о‘rgatish.
  • Trenerlarga zamonaviy qishloq xо‘jalik texnikalariga texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlashga qо‘yiladigan texnik talabni о‘rgatish.
  • Qishloq xо‘jaligi texnikalariga xizmat kо‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bо‘yicha mutaxassislarni malakasini oshiradigan о‘quv markazlarining malaka oshirish ishchi о‘quv reja va dasturlari mazmunini tushuntirdi.

“О‘zagroservis” AJning Qishloq xо‘jaligi texnikalari va ularning ehtiyot qismlarga bо‘lgan talabini shakllantirish bо‘limi boshlig‘i Pо‘latov Xoljigit Erdanovich sо‘zga chiqib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xо‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xо‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-son qaroriga asosan:

Qishloq xо‘jaligi mexanizatsiyalashtirish hamda Xorij davlatlardan keltirilgan texnikalar, Amerikaning JOHN DEERE texnikalaridan foydalanishda ishchi kasb “ Qishloq xо‘jaligi mashinalari operatori” mutaxassislarning yetishmasligini;

Hozirgi kunda О‘zbekistonda СLASS, CASE qо‘shma korxonalarimizda 50-60 % gacha lokalizatsiya qilinayotganligi shu sabablar asosida respublikining har bitta viloyatida qishloq xо‘jalik kollejlarida Qishloq xо‘jaligi texnikalariga xizmat kо‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bо‘yicha mutaxassislarni malakasini oshiradigan о‘quv markazlarida mutaxassis, mutaxassislarni qayta tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan haqida aytib о‘tdi.

Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta о‘qituvchisi B.Haydarov Ta’lim jarayonida fanlarning о‘quv reja, dasturi va taqvim mavzular rejasini takomillashtirishga taklif taqdimoti etildi.

 

2019 yil 12 noyabr kuni soat 9-00 da “Toshkent qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ da “О‘zagrotexsanoatxolding” AJning Marketing va tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Sadullayev Bobur Sanjar о‘g‘li “О‘zagrotexsanoatxolding” AJning tarixi mavzusida taqdimotda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5748  Farmoni bilan aksionerlik jamiyati tashkil etilganligi hamda uning tarkibda “Toshkent qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Chirchiq qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Agregat zavodi”AJ va boshqa Aksionerlik jamiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

Seminar ishtirokchilarini “Toshkent qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJning Bosh direktor maslahatchisiEksport bо‘limi boshlig‘i v.v.b Qaynarbekov Jasur Avazbek о‘g‘li zavodda ishlab chiqaralayotgan barcha qishloq xо‘jalik texnikalari bilan tanishtirdi.

11-40 dan 13-00 gacha “Toshkent qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ ishlab chiqaraliyotgan TTZ100NS rusumli traktorlarni eski traktorlar bilan farqlarini amaliy tarzda о‘rganildi.

14-00-15-20 gacha PLUS100 universal xaydov traktori eski traktorlar bilan farqlarini amaliy tarzda savol javoblar asosida о‘rganildi.

16-00-17-00 gacha “Toshkent qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ Servis xizmat kо‘rsatish bо‘limi boshlig‘i Maxayev Jaxsiliq, Marketing va savdo sotiq bо‘limi boshlig‘i Ergashev Abduqayum, Sifat nazorati boshqarmasi boshlig‘i Djurayev Zoxirdan savollarga javoblar olindi.

 

2019 yil 13 noyabr kuni “UzKlassAgro”MCHJ da Amanbayeva Zuxra texnika xavfsizligi haqida tushuncha va kо‘rsatmalar berdi.

9-00 10-20 gacha Boboyev Xoshimbek Boboyevich “UzKlassAgro”MCHJ tarixi va ishlab chiqarilayotgan qishloq xо‘jaligi texnikalari turlari va qо‘llanilishi, boshqa korxonalar mahsulotlaridan farqi va о‘ziga xosligi haqida vedeo taqdimotda tushintirdi.

10-30dan 11-40 gacha “UzKlassAgro”MCHJ ishlab chiqarish bо‘limi ma’sul xodimi Rayimqulov Baxt Sodiqovich Klass kombaynlari, traktorlari ishlab chiqarish jarayonlari ketma ketligi payvandlash sexlari, bо‘yash sexlari va boshqa barcha sexdagi ish jarayonlari bilan amaliy ishlarni savol-javoblar asosida tushintirib berdi.

14-00dan 15-20 gacha “UzKlassAgro”MCHJ ning Metrologiya OTK bо‘limi mutaxassis Ozodov Sheyxnazar, Texnik servis xizmat kо‘rsatish bо‘limi mutaxassisi Qurolov M, Ta’lim va innovatsiyalar bо‘limi bosh mutaxasissi Maxmudov Y.lar bilan hamkorlikda master-klass tashkil etildi.

 

2019 yil 14 noyabr kuni Soat 9-00 da “Toshkent qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ Bosh direktor maslahatchisi, Bosh direktor maslahatchisi, Eksport bо‘limi boshlig‘i v.v.b Qaynarbekov Jasur yangi qishloq xо‘jaligi texnikalari haqida vedeo taqdimot qildi.

11-40 dan 13-00 gacha “Toshkent qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ ishlab chiqaraliyotgan Sifat nazorati boshqarmasi boshlig‘i Z.Djurayevdan traktorlarni farqlarini amaliy tarzda savol javoblar asosida о‘rganildi.

14-00 dan 6-20 gacha “О‘zkeys” servis bо‘limi supervayzeri Raxmatullayev Sherzodbek Alisherovich, “Toshkent qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ ishlab chiqarish bо‘yicha direktori, bosh injeneri Eshmatov Begalilar bilan hamkorlikda master klass tashkil etildi hamda savollarga javoblar olindi.

 

2019 yil 15 noyabr kuni soat 9-00 da “Qishloq xо‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ Ilmiy tadqiqot bо‘limi bosh mutaxassisi Botirov Ravshan Maxkam о‘g‘li markaz faoliyati bilan tanishtirdi, yangi loyihalar taqdimoti o’tkazildi.

“Qishloq xо‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ Xodimlarni boshqarish va umumiy masalalar bо‘yicha bosh direktor о‘rinbosari Ibadullayeva Lobarxon Ganixonovna kasb va mutaxassisliklar va boshqalar haqida gapirdi.

11-40 dan 13-00 gacha Professor Axmedov Og‘abek Texnika yangiliklari bilan tanishtirdi.

Koreya Respublikasidan kelgan menejer Mister Kim I Bog‘ texnologiyalari haqida tushuncha berdi.

 

Seminar trening davom etmoqda...

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..