О‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida yig‘ilish о‘tkazildi
О‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida yig‘ilish о‘tkazildi

О‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida 2019 yil 6 sentabrdagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni ijrosini ta’minlash bо‘yicha yig‘ilish о‘tkazildi

О‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida 2019 yil 6 sentabrdagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni ijrosini ta’minlash bо‘yicha yig‘ilish о‘tkazildi.

О‘tkazilgan yig‘ilishda Qurilish vazirligi, Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, A.Quldashev, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqarma boshlig‘i, F.Mamarasulov, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi O.Sarmanov, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktor о‘rinbosari Sh.Sharofaddinov, vazirlikning kadrlar bо‘limi bosh mutaxassisi B.Asadov, Pudrat ishlari bozorini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutahassisi G.Rо‘ziyev, Loyiha va qurilish va pudrat tashkilotlaridan mutaxassislar va tegishli kollej direktorlari va о‘qituvchilar qatnashdilar.

Qurilish vaziri о‘rinbosari E.Iskandarov sо‘zga chiqib, 2019 yil 6 sentabrda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni qabul  qilingani, mazkur Farmonga asosan Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, о‘rta va о‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etilganligini ta’kidlab, kelajakda barcha masalalarni kadrlar hal qilishini, chetdan birov kelib muammolarni hal qilib bermasligi shuning uchun ta’lim dasturlarini hozirgi zamon talabidan kelib chiqib tayyorlash zarurligi va hamkorlikda ishlasak о‘zining ijobiy samarasini berishi haqida gapirib о‘tdi.

Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, A.Quldashev sо‘zga chiqib, 2019 yil 6 sentabrda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmonda va Prezidentning maslahatchisi A.Abduvoxitov boshchiligida о‘tkazilgan yig‘ilish bayonidagi topshiriqlarda tegishli vazirlik va idorlarga bir qancha vazifalar berilganligini va bu bо‘yicha Qurilish vazirligi tomonidan yuqoridagi topshiriqlardan kelib chiqib kasblar va mutaxassisliklar rо‘yxati va ishchi guruh shakllantirilganligi, hozirgi vaqtda qurilish sohasiga doir professional ta’lim standartlari, tarmoq kvalifikatsion ramkalarni ishlab chiqish bо‘yicha ishlari olib borilayotganligini, shuningdek, vazirlik tomonidan ishchi guruh rо‘yhati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qurilish sohasidagi kasblar va mutaxassisliklar va ishchi guruhi rо‘yxati yuborilganligi haqida ma’lumot berib о‘tdi.

Oliy va о‘rta maxsus ta’limi vazirligi bosh mutaxassisi O.Sarmanov bugungi kunda 156 ta davlatda о‘zining Milliy kvalifikatsiya tizimi va milliy kvalifikatsion ramkasi borligi, О‘zbekiston endi о‘z Milliy kvalifikatsiya tizimini va milliy kvalifikatsion ramkasini ishlab chiqayotganligi ushbu tizim va kvalikatsion ramkasi va professional ta’lim standartlarini joriy etilishining afzaliklari va mehnat bozorida tayyorlagan kadrlarimizni tan olinishi haqida gapirib, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish uchun avvola ish beruvchi tashkilotlar tomonidan professional standartlar ishlab berish kerakligi haqida tо‘xtalib о‘tdi. Shuningdek Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktor о‘rinbosari SH.Sharofaddinov barcha kasblar uchun qisqa vaqt davomida barcha meyoriy xujjatlarni tayyorlashga imkon yо‘qligi birinchi navbatda eng dolzarb bо‘lgan ishchi kasblar rо‘yxati shaklantirish va shu kasblar uchun dastlabki hujjatlar tayyorlab olish zarurligi haqida о‘z fikrlarini bildirdi. Shu bilan birgalikda vazirliklar bilan hamkorlikda yо‘l xaritasini ishlab chiqish taklifini bildirdi.

TAQI dotsenti SH.Habibullayev sо‘zga chiqib, Britaniya kengashi bilan hamkorlikda qurilish sohasiga doir 12 ta kasb bо‘yicha professional standartlar ishlab chiqilganligi haqida gapirib,  G‘isht teruvchi kasbi uchun ishlab chiqilgan professional standartni taqdimot qildi. Professional standart nima maqsadlar uchun ishlatilishi tо‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqarma boshlig‘i F.Mamarasulov professional standartlarni ishlab chiqish metodikasi haqida taqdimot о‘tkazdi. Professional standart maketi, bо‘limlari, Professional standart tarkibidagi ish funksiyalar tavsifi, umumlashtirilgan ish funksiyalari haqida tо‘liq tushunchalar berdi va tayyorlangan namuna asosida ish beruvchilar professional ta’lim standartlarni ishlab chiqish ishlarini boshlab yuborish kerakligi, qurilish sohasidagi yangi kasblar va mutaxassisiliklar bо‘yicha rо‘yxatini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi taqdim qilish haqida ham gapirib о‘tdi.

Shuningdek ish beruvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar ham berildi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..