О‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi mas’ullari bilan uchrashuv
О‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi mas’ullari bilan uchrashuv

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PF-5812-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida...

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PF-5812-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilning 14 noyabr kuni Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida О‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi mas’ul vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda transport sohasida ehtiyoj yuqori bо‘lgan kasblar bо‘yicha professional standartlar, о‘quv normativ hujjatlar va metodik resurslar ishlab chiqish bо‘yicha xaritasi tasdiqlandi.

Ushbu hamkorlikdagi ishchi yig‘ilishda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi xodimi O.Sarmonov, Transport vazirligidan mas’ul xodimlar A.Muqimov, X.Tursunovlar, institut xodimlari-O’quv va ishlab chiqarish amaliyotini metodik ta’minlash bo’limi boshlig’i Sh.Raximov, shu bo’lim uslubchisi X.Raimjonov hamda ishchi guruhning boshqa a’zolari ishtirok etdilar.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..