Maxsus fan о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda
Maxsus fan о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda

О‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “О‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati va “О‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatining “О‘quv markazlarining maxsus fan о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun seminar-trening mashg‘ulotlarini tashkil etish haqida”gi qо‘shma qarori asosida...

О‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “О‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati va “О‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatining “О‘quv markazlarining maxsus fan о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun seminar-trening mashg‘ulotlarini tashkil etish haqida”gi qо‘shma qarori asosida “О‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “Toshkent qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Chirchiq qishloq xо‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “UzKlaas Agro” MCHJ, “Lemken Chirchiq” QK MCHJ, “О‘zagroservis” AJ va uning hududiy MTPlari yetakchi mutaxassislari, xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida qayd etilgan jamiyatlar ishlab chiqarish va о‘quv bazalarida 2019 yil 11-21 noyabr kunlari “Qishloq xо‘jaligi texnikalariga xizmat kо‘rsatish va ekspluatatsiya qilish” bо‘yicha mutaxassislarning malakasini oshiradigan о‘quv markazlari maxsus fan о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun о‘quv seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningning maqsadi etib quyidagilar belgilandi:

qishloq xо‘jaligi texnikalariga xizmat kо‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bо‘yicha mutaxassislarni malakasini oshiradigan о‘quv markazlarining maxsus fan о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari (bundan buyon matnda trenerlar deb yuritiladi) kasbiy malaka va kо‘nikmalarini rivojlantirish;

trenerlarni respublikamizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xо‘jalik texnikalari bilan tanishtirish va bevosita ulardan foydalanishni о‘rgatish;

trenerlarga zamonaviy qishloq xо‘jalik texnikalariga texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlashga qо‘yiladigan texnik talablarni о‘rgatish;

qishloq xо‘jaligi texnikalariga xizmat kо‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bо‘yicha mutaxassislarni malakasini oshiradigan о‘quv markazlarining malaka oshirish ishchi о‘quv reja va dasturlari mazmunini tushuntirish.

          О‘quv mashg‘ulotlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlaridagi har bitta kasb-hunar kolleji negizida qishloq xо‘jaligi texnikalariga xizmat kо‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bо‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan va malakasini oshiradigan о‘quv markazlarining 26 nafar mutaxassislari ishtirok etmoqda.

          О‘zquv seminar davomida Jamiyat tarkibidagi korxonalarda о‘quv mashg‘ulotlarini о‘tkazish, ishlab chiqarilayotgan texnika bilan yaqindan tanishtirish, ishlab chiqarishda band bо‘lgan ishchilarning funksional majburiyatlarini tahlil qilish kabi masalalar ham qamrab olingan.

 

Matbuot xizmati

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..