Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va Buyuk Britaniyaning Pearson Education Limited kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va Buyuk Britaniyaning Pearson Education Limited kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi

2020 yilning 10 sentyab kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va Buyuk Britaniyaning Pearson Education Limited kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Hamkorlik kelishuvi Institut direktori Zayniddin Xudayberdiev va Pearson Education Limited kompaniyasi katta vitse-prezidenti Sindi Remperzaud tomonidan imzolandi.

 

Mazkur  hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga munosib shart-sharoitlarni yaratish va ular bilan tizimli ishlash  masalasiga bag‘ishlangan videoselektor majlisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda muhim qadam hisoblanadi.

 

- Ushbu kelishuv ta’lim bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasi bilan xalqaro mehnat bozori talablari asosida migrantlarni tayyorlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda ta’lim oluvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish imkonini beradi, - dedi institut direktori Zayniddin Xudayberdiev.

 

Mazkur kelishuv asosida Pedagogik innovatsiyalar instituti Pearson Education Limited kompaniyasining BTEC ta’lim dasturlarini professional ta’lim tizimiga joriy qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha asosiy hamkori bo‘ldi.

 

Pearson ta’lim sohasida dunyoning yetakchi kompaniyasi bo‘lib, 70 ta mamlakatda 24 ming nafar xodimga ega, bosh ofisi Londonda joylashgan. Kompaniya  ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qiganlardan 90 foizining bandligi ta’minlangan va kasbiy o‘sish tendensiyasiga ega. Pearson BTEC ta’lim dasturlari asosida o‘qiganlar dunyoning 70 ta davlatida  ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda dunyoda 800 ga yaqin BTEC markazlari faoliyat yuritadi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..