Institutimizda respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
Institutimizda respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi

2021 yilning 23 iyun Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Professional ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlarining malakasini oshirishda masofaviy ta’lim resursidan foydalanishni rivojlantirish” mavzusida ("on-line” shaklda) respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

   Ilmiy-amaliy seminarda institut direktori Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich tomonidan bugungi kunda professional ta’lim muassasalari boshqaruv hamda pedagog kadrlarini malakasini oshirishdagi bir qator yechimini kutib turgan muammo va kamchiliklar haqida gapirib o‘tdi.

   Mazkur ilmiy-amaliy seminarda professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 3500 dan ortiq rahbar va pedagog xodimlar jamoasi ishtirok etdi. Respublikamizdagi boshqa malaka oshirish tizimlaridagi tajribalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Elektron talim bo‘limi katta prokurori Ibraymov Askar Yesbusinovich, A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Radjiev Ayubxon Baxtiyorxonovich hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining boshqarma boshlig‘i Alijonov O‘tkir Maxamadalievichlar  taklif etildi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..