Pedagogik innovatsiya instituti va Worldskills Uzbekistan o‘rtasida imzolanadigan hamkorlik memorandumini imzolandi
Pedagogik innovatsiya instituti va Worldskills Uzbekistan o‘rtasida imzolanadigan hamkorlik memorandumini imzolandi

Mazkur memorandum asosida kelgusida barcha ishlab chiqarish ta’lim ustalari va maxsus fan o‘qituvchilari Worldskills standartlari bo‘yicha ”Worldskills Uzbekistan” assotsiatsiyasida malakalarini oshirishadi.

Worldskills International harakati 1946 yilda Ispaniyada tashkil topgan. Worldskills tashkiloti kasblarni xalqaro darajada tayyorlashga qo‘yiladigan standart talablarini ishlab chiqadi. Ushbu standartlar asosida kasblar tayyorlanadi va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga baho berish maqsadida har 2 yilda bir marta xalqaro darajadagi kasb chempionatlari o‘tkaziladi.

Hozirda ushbu tashkilotga 85 ta davlat a’zo. O‘zbekiston 2020 yil 17 yanvarda 83- a’zo davlat sifatida ushbu harakatga qo‘shildi. Hozirda 101 ta kompetensiya bo‘yicha kasbiy standartlar ishlab chiqilgan. Bugungi kungacha 45 ta xalqaro chempionatlar o‘tkazilgan. 2022 yil Shanxay (Xitoy)da 46-xalqaro chempionat o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida"  PF-6108-son Farmonida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab professional ta’lim muassasasilarida Worldskills standartlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 01 iyul kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida ”Worldskills Uzbekistan” assotsiatsiyami bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum asosida kelgusida professional ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish ta’lim ustalari va maxsus fan o‘qituvchilari Worldskills standartlari bo‘yicha  ”Worldskills Uzbekistan”  assotsiatsiyasida malakalarini oshirishadi. Malaka oshirish yakunida, kasbiy amaliy imtixonlardan ijobiy o‘tgan tinglovchilarga Ekspertlik sertifikatlari beriladi. Ushbu sertifikat bilan ular ta’lim muassasasida Worldskills kompetensiyalari bo‘yicha o‘quvchilarga kasb o‘rgatish va Demonstrativ imtixon olish vakolatiga ega bo‘ladi.

Ushbu memorandumni imzolash jarayonida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Professional ta’limni o‘quv-metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Alijonov, bosh boshqarma o‘rinbosari Anvar Allabergenov,  “WorldSkills Uzbekistan”- ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi Boshqaruv kengashi raisi Farrux Juraev, assotsiatsiyasi mutaxassislari Nigora Shaaxmedova, Ibroxim Kayumov va Iskandar Razыkovlar, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut direktori Zayniddin Xudayberdiev, direktor o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

YouTube va Zoom dasturi orqali ushbu jarayon jonli efirga uzatildi. Professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlari va raxbar xodimlari ushbu jarayonni onlayn shaklda kuzatib bordi.

Memorandum yakunida Oliy ta’lim vazirligi, institut va assotsiatsiya xodimlari kelgusida bajariladigan ishlar to‘g‘risida kelishib olishdi. Kelishuvga ko‘ra, kelgusida birinchi bosqichda 2000 dan ortiq ishlab chiqarish ta’limi ustalari assotsiatsiyaning ekspertlari tomonidan malakasi oshirilishi, ikkinchi bosqichda, Assotsiatsiya ekspertlari hamkorligida Worldskills standartlari asosida yangi formatdagi ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarni yaratish, uchinchi bosqichda   hamkorlikda Worldskills chempionatlarini hududiy va Respublika  miqiyosida o‘tkazilishi belgilab olindi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..