Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Pedagogik innovatsiyalar institutiga tashrif buyurdi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Pedagogik innovatsiyalar institutiga tashrif buyurdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

   Tanishuv jarayonida institut moddiy-texnik bazasi, auditoriyalarning jihozlanishi, “Institut muzeyi”, “Professional ta’limni raqamlashtirish loboratriyasi” va unda yaratilgan innovatsion raqamli ta’lim resurslarini ko‘zdan kechirdi.

   Institut jamoasi tomonidan profesional ta’lim tizimini metodik ta’minlsh hamda qurilish sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlatimiz rahbari qaror va farmonllarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

   Jumladan, Professional ta’lim tizimiga joriy etilayotgan innovatsion ta’lim texnologiyalari va raqamli ta’lim kontentlari hamda Rossiya Federatsiyasining “Professional ta’limni rivojlantirish instituti” bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida qurilish sohasidagi mehnat migrantlarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan qo‘shma dasturlar yuqori baholandi.

   Abduqodir Toshqulov professional ta’lim tizimini o‘quv-metodik ta’minlash va innovatsion raqamli ta’lim kontentlarini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berdi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..