Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

2020 yil 6 martda Pedagogik innovatsiyalar institutida yo'nalishlar bо‘yicha metodik guruh a’zolarining seminari o'tkazildi
2020 yil 6 martda Pedagogik innovatsiyalar institutida yo'nalishlar bо‘yicha metodik guruh a’zolarining seminari o'tkazildi

О‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5812-son farmonining 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida...

     О‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5812-son farmonining 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida barcha manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda professional ta’lim muassasalarida tayyorlanadigan kasblar va mutaxassisliklar bо‘yicha ta’lim standartlari, malaka talablari, о‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish bо‘yicha yо‘nalishlar bо‘yicha metodik kengashlarini tashkil etildi.

     2020 yil 6 martda Pedagogik innovatsiya institutining xati chiqarilib 2-ilovasida yo’nalishlar bо‘yicha metodik guruh a’zolarining seminarda qatnashish jadvali berilgan.

     2020 yil 7 martda vazirlikning buyrug‘i chiqdi. Buyruqda yо‘nalishlar bо‘yicha metodik guruhlar a’zolari kо‘rsatilgan.

     Yuqoridagi hujjatlar ijrosini ta’minlash, seminarda barcha yо‘nalishlar bо‘yicha yо‘nalish ta’lim muassasasalarida ish beruvchilar, ta’lim muassasasi mas’ul fanlar о‘qituvchilari, kasb-hunar ta’limi ustalari va о‘quvchilar bilan mazkur ta’lim hujjatlarini yanada takomillashtirish bо‘yicha uchrashuvlar bо‘lib о‘tadi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2020. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..