Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Professional taʼlim muassasalarida yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik mavzusida seminar
Professional taʼlim muassasalarida yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik mavzusida seminar

Professional taʼlim muassasalarida 2020-2021 oʼquv yiliga tayyorgarlik koʼrish maqsadida institutning malakali mutaxassislari va vazirlikning tegishli masʼullari ishtirokida internet tarmogʼi orqali Professional taʼlim muassasalarida yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik mavzusida professional taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari uchun onlayn oʼquv seminarlari tashkil etilmoqda.

    Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida joriy yilning 8 iyundan 16 iyunga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 30 aprelь kuni joriy oʼquv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bagʼishlangan 28-son yigʼilish Bayonidagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, professional taʼlim muassasalarida 2020-2021 oʼquv yiliga tayyorgarlik koʼrish maqsadida institutning malakali mutaxassislari va vazirlikning tegishli masʼullari ishtirokida internet tarmogʼi orqali Professional taʼlim muassasalarida yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik mavzusida professional taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari uchun onlayn oʼquv seminarlari tashkil etilmoqda.

    Seminarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ishchi guruh tarkibi shakllantirildi, seminar dasturi va seminar oʼtkazish jadvali tasdiqlanib, mazkur jadval asosida tashkil etilmoqda.

    Seminar mashgʼulotlarini Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining malakali mutaxassislari va Institutning tajribali professor-oʼqituvchilari olib bormoqda.

    Seminarda 2020/2021 oʼquv yiliga tayyorgarlik koʼrish borasida professional taʼlim muassasalarida amalga oshiriladigan oʼquv-metodik ishlar, Professional taʼlimning normativ xuquqiy hujjatlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etish, namunaviy oʼquv meʼyoriy hujjatlar asosida ishchi oʼquv reja va dasturlarni ishlab chiqish, oʼquv mashgʼulotlarda noanʼanaviy, qiziqarli, faol, yangi-innovatsion usullarni qoʼllash texnologiyalari hamda Professional taʼlimda kattalarni oʼqitishning oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisida maʼlumotlar berib borilyapti.

    Seminarda boshqarma xodimlari, taʼlim muassasalari direktorlari, direktor oʼrinbosarlari, oʼqituvchilar hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ishtirok etib, seminar davomida ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan berilgan savollariga tegishli mutaxassislar tomonidan javoblar berilmoqda.

    Kelgusida har bir hududda tayyorlangan trenerlar boshchiligida taʼlim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari uchun kaskad usulida onlayn oʼqitish kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2020. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..