Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

2021 yil 11 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining (RUDN) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Kolesnikov Andrey Viktorovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kelishuv Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik kelishuvi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlashga hizmat qiladi.

 

Mazkur uchrashuv kelgusida professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan rus tili fani o‘qituvchilari uchun Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)ning professor o‘qituvchilari ishtirokida master-klass mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirildi. Shuningdek, uchrashuv yakunida professional ta’lim tizimi xodimlariga Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining onlayn o‘quv ilmiy axborot kutubxona markazidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..