Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

2021 yil 11 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida institut rahbarlari va Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining (RUDN) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Kolesnikov Andrey Viktorovich ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

   Mazkur uchrashuvda kelgusida professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan rus tili fani o‘qituvchilari uchun Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)ning professor o‘qituvchilari ishtirokida master-klasslar o‘tkazish kelishib olindi.

   Kelishuv Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) o‘rtasida 2020 yil dekabr da imzolangan o‘zaro hamkorlik chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlashga ham hizmat qiladi.

   Shuningdek uchrashuv yakunlari bo‘yicha professional ta’lim tizimi xodimlariga Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti RUDNning onlayn o‘quv ilmiy axborot kutubxona markazidan foydalanish bo‘yicha kelib olindi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..