O‘zbekiston va Belarus professional ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda
Uchrashuvda professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashga innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlarini joriy etish, professional ta’lim tizimidagi rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi
2020 yilning 4 mart O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha mamlakatimizga tashrif buyurgan Belarusiyaning professional ta’limni rivojlantirish instituti (RIPO) direktori Golubovskiy Valeriy Nikolayevich Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi.
RIPO va Pedagogik innovatsiyalar instituti o‘rtasida 2020 yilning 10 noyabrida o‘zaro hamkorlik kelishuvi, 2020 yilning 16 dekabrida esa hamkorlik kelishuvining ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Uchrashuv davomida amaldagi kelishuvlar ijrosini ta’minlash, professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashga innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlarini joriy etish, professional ta’lim tizimidagi rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Shu kuni Pedagogik innovatsiyalar instituti Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida Golubovskiy Valeriy Nikolayevichga institut Ilmiy kengashining faxriy a’zosi unvoni berildi. Mazkur tadbirda Belarusiyaning professional ta’limni rivojlantirish instituti pedagoglar jamoasi ham onlayn tarzda ishtirok etishdi.