Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

O‘zbekiston va Belarus: Oliy ta’lim tizimida o‘zaro ishonchli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida kelishuvlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston va Belarus: Oliy ta’lim tizimida o‘zaro ishonchli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida kelishuvlar amalga oshirilmoqda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Belarus Respublikasi ta’lim vaziri Igor Karpenko boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

     Delegatsiya a’zolari va yurtimizdagi OTMlarning rektor va prorektorlari ishtirok etgan uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish tizimida integratsiyani kuchaytirish, O‘zbekiston va Belarus OTMlari rektorlari forumini o‘tkazish, Belarus oliy o‘quv yurtlarida o‘zbekistonlik doktorantlar va aspirantlar uchun grantlar joriy etish masalalarida muzokaralar olib borildi.

     Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston va Belarus Respublikasining 10 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikda kadrlar tayyorlash to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

     Jumladan, Belarusiyaning professional ta’limni rivojlantirish inctituti (RIPO) va Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘rtasida “Intellektual mulk huquqlari himoyasi va foydalanish tartiblari” to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

     Mazkur kelishuv 2020 yilning 16 dekabrdagi RIPO va Pedagogik innovatsiyalar instituti hamkorlik kelishuvida belgilangan vazifalari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini har ikki tomondan foydalanish va professional ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatini yaratadi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..