Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov rektorlarni qog‘ozbozlikdan qutqarishga va’da berdi
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov rektorlarni qog‘ozbozlikdan qutqarishga va’da berdi

8 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi boshqaruv kadrlar uchun videokonferensaloqa tarzida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda vazir Abduqodir Toshqulov rektorlar mavqeyi, tizimdagi qog‘ozbozlik va vazirlikning yangi tuzilmasi borasida ham fikrlarini bildirgan.

 

«Men vazirlikka kelib, to‘rtta viloyatga borgan bo‘lsam, ularning birortasida mahalliy hokimliklar va rektorlar o‘rtasidagi munosabat maqtagulik emas.


Men bungacha og‘ir viloyatlardan birida ishlab keldim. Ana shu joyda 3 yil rektor bo‘lgan bo‘lsam, 3 nafar viloyat hokimi bilan ishlashimga to‘g‘ri keldi. Buning azobini boshidan o‘tkazgan odam hozir tasavvur qilyapti. Qanchalik qiyin. Shuning uchun birinchi masala – hurmatli rektorlar, mavqeyingizni qayta ko‘rib chiqing.


Rektorlar va direktorlar qaysi yig‘ilishlarga borishi kerak? Qaysi yig‘ilishlarga bormasligi kerak? Vazirlik bugundan boshlab buni muvofiqlashtiradi. Hukumatga xat kiritamiz. Munosabatimizni bildiramiz».

 

Batafsil

 

Manba: kun.uz

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..