Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Institutda masofadan malaka oshirish kurslari tashkil qilish faoliyati yoʼlga qoʼyildi
Institutda masofadan malaka oshirish kurslari tashkil qilish faoliyati yoʼlga qoʼyildi

Pandemiya sharoitida Professional taʼlim tizimi rahbar xodimlarini malakasini oshirishda masofaviy taʼlimni tashkil qilish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

    Masofaviy malaka oshirish http://profedu.uz platformasi orqali amalga oshirilmoqda. Platformaga oʼquv rejadagi modullar boʼyicha oʼquv materiallari (maʼruza matni, slayd, qoʼshimcha ishlash uchun materiallar, modul boʼyicha savollar, testlar, kerakli adabiyotlar roʼyxati, internet manbalari, video darslar va b.) joylashtirilgan.

    Ushbu modullar boʼyicha tinglovchilarda tugʼiladigan savollarga professor-oʼqituvchilarimiz tomonidan javob berish va qoʼshimcha maʼlumotlar berish maqsadida video dasturdan foydalanilmoqda.

    Har bir toifalar boʼyicha alohida-alohida telegram kanallari ochilgan boʼlib, tizimni rivojlantirish boʼyicha berilayotgan turli takliflar muhokama qilinmoqda.

    Ushbu masofaviy malaka oshirish tizimi orqali may oyida 180 nafar Professional taʼlim tizimi rahbar xodimlarining malakasi oshirildi.

    Iyun oyida esa 172 nafar Professional taʼlim tizimi rahbar xodimlarining masofaviy malaka oshirish jarayoni tashkil etilgan va jarayon davom etmoqda.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2020. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..