Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

O‘qituvchilar uzluksiz malakasini oshiradilar
O‘qituvchilar uzluksiz malakasini oshiradilar

Vazirlar Mahkamasining 26.02.2021 yildagi 106-son qarori bilan Professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

     Nizom Prezidentning 6.09.2019 yildagi «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom «Hayot davomida ta’lim olish» tamoyili asosida boshqaruv hamda pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tartibini belgilaydi.

 

     Ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish, boshqaruv va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish uchun ta’lim dasturlarini innovatsion yondashuvlar asosida doimiy yangilab borish amalga oshiriladi.

 

     Bundan tashqari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun ularning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi.

 

     Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv rejasiga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda uning hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetlaridagi amaliyot mashg‘ulotlari tegishli tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin.

 

     Malaka oshirish quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi:

     - mustaqil malaka oshirish;

     - muqobil malaka oshirish;

     - Institut yoki fakultetlarda bevosita o‘qish.

     2021 yil 1 martdan boshlab Institutning boshqarma va bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatayotgan uslubchi va dasturchi-muhandis shtat birliklari negizida bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis shtat birliklari joriy etiladi hamda mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Institutning boshqarmalar boshliqlari, bo‘lim boshliqlari, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassislarning lavozim maoshlarini belgilashda mos ravishda professional ta’lim muassasalari bosh o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkalari tegishlicha 2, 1,8, 1,5 va 1,2 baravar miqdorlarda qo‘llaniladi.

 

Manba: norma.uz

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..