Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Institutda Rossiya Federatsiyasining professional ta’lim muassasalari vakillari bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Institutda Rossiya Federatsiyasining professional ta’lim muassasalari vakillari bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Davra suhbatida Rossiya Federatsiyasining professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) prorektori S.Pavlov, “Abilimpiks” chempionati texnik direktori M.Jurkin, Ural arxitektura qurilish va tadbirkorlik kolleji vakili O.Burganova, Moskva viloyati SOPP direktori I.Kiseleva, GBPOU MGOK Xalqaro aloqalar bo‘yicha metodisti T.Aglievlar ishtirok etdilar

   Joriy yilning 5-7 aprel kunlari Toshkent shahridagi Uzexpo markazida INNOPROM xalqaro sanoat yarmarkasi tashkil qilindi. Ushbu yarmarkada yangi sanoat texnologiyalari ko‘rgazmasi bilan bir qatorda ko‘plab mutaxassislar ham ishtirok etdilar. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan bir qancha ta’lim muassasalari va soha vakillari bilan kelgusida hamkorlikni amalga oshirish maqsadida joylarda turli xil anjumanlar va davra suhbatlari tashkil qilindi. Shulardan biri 7 aprel kuni Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Institut va Rossiya Federatsiyasining professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) hamda Rossiya Federatsiyasining bir qancha professional ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tashkil qilingan davra suhbati davomida yig‘ilganlar professional ta’limni rivojlantirish va malakali kadrlarni tayyorlashda o‘zaro hamkorlik ishlarini amalga oshirish borasida suhbatlashdilar.

 

   Tadbirda Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Z.Xudoyberdiev so‘zga chiqib Rossiya Federatsiyasi professional ta’limi vakillari bilan shu paytgacha qilingan samarali ishlarni e’tirof etdi va kelgusida bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) prorektori S.Pavlov, “Abilimpiks” chempionati texnik direktori M.Jurkin, Ural arxitektura qurilish va tadbirkorlik kolleji vakili O.Burganova, Moskva viloyati SOPP direktori I.Kiseleva, GBPOU MGOK Xalqaro aloqalar bo‘yicha metodisti T.Aglievlar Rossiya Federatsiyasi professional ta’limi borasida ma’ruza qildilar.

 

  Uchrashuvda WorldSkills xalqaro harakati, Dual ta’limni joriy etish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining tajribalari o‘rganildi. Professional ta’lim muassasalarining hamkorligi va kelgusida professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari Rossiya Federatsiyasida ishlash uchun kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish borasida hamkorlikni yanada kengaytirishni kelishib olindi.

 

   Davra suhbatida “Abilimpiks” chempionati texnik direktori M.Jurkin Xalqaro harakat haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

 

   Davra suhbati so‘ngida har ikki tomon vakillari o‘zaro mos professional ta’lim sohalari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishib oldilar.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..