Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Uchrashuvda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

   2021 yil 8 sentabr kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sohalari uchun professional ta’lim (PECA)” loyihasining bosh maslahatchisi Tomas Luks hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov hamda vazirlikning mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

   Uchrashuvda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

   Ushbu maslahatchi professional ta’limni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi va xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida ham faoliyat ko‘rsatadi.

   Bundan tashqari “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sohalari uchun professional ta’lim (PECA)” loyihasi bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar va kelgusida amalga oshiriladigan masalalar muhokama qilindi.

 

   Manba: edu.uz

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..