Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Rossiya Federatsiyasining “Professional ta’limni rivojlantirish instituti” bilan hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi
Rossiya Federatsiyasining “Professional ta’limni rivojlantirish instituti” bilan hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi

Joriy yilning 26 fevral kuni Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va Rossiya Federatsiyasining “Professional ta’limni rivojlantirish instituti” bilan 2020 yilning 25 dekabridagi hamkorlik kelishuvi ijrosini ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

     Mazkur yo‘l xaritasiga asosan Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Professional ta’limni rivojlantirish instituti” bilan hamkorlikda WorldSkills standartlari asosida band bo‘lmagan aholi va xorijiy migrantlarni o‘qitish bo‘yicha ta’lim dasturlari va ta’lim kontentlarini ishlab chiqish, professional ta’lim tizimiga ilg‘or va tan olingan ta’lim texnologiyalarini joriy etish, professional ta’lim tizimi uchun masterlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash, Rossiya Federatsiyasining yetkachi professional ta’lim muassasalari bilan O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

     Shu bilan birga, professional ta’lim sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga kasb o‘rgatish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi mavjud ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelishib olindi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..