Innovatsion loyihalar, fan va  ta’lim texnologiyalari transferi bo‘limining 2021-yil yanvar-iyun oylarida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi
Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi bo‘limining 2021-yil yanvar-iyun oylarida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi

Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi bo‘limi yil boshidan amalga oshirgan ishlari haqida batafsil ma'lumot berdi

    Bo‘lim o‘z faoliyatini ishlab chiqilgan 4 ta (keltiriladi) modul asosida olib bormoqda.

    Mazkur modullarda ta’lim tizimining strategiyasini ta’minlovchi innovatsion rivojlantirish hamda pedagogika fanining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga qaratilgan.

    Barcha ilmiy-tatqiqot mavzulari aynan ushbu innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishni ta’minlaydi.

   Institut huzurida faoliyat olib borayotgan ilmiy darajalar beruvchi DSc.03\30.12.2019.Ped.48.01 raqamli ilmiy kengash a’zolari va professor o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan Professional ta’lim tizimini rivojlantirishga, innovatsion g‘oyalarni tadbiq etishga qaratilgan 165 dan ortiq ilmiy-tadqiqot mavzulari ishlab chiqilgan va institut saytiga joylashtirilgan. Ushbu mavzulardan institutga qabul qilinayotgan yoki ilmiy tadqiqotchi bo‘lmoqchi bo‘lgan izlanuvchilar o‘z tadqiqot ishlari mavzularini shakllantirishda foydalanmoqda.

    2019-yil 6-sentabrdagi “Professional talim tizimini yanada takomillashtirish doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5812 sonli farmoni, ishlab chiqilgan boshqa me’yoriy xujjatlar talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha bo‘limda; 10 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) doktorant va 1 nafar pedagogika fanlar doktori (DSc). 1 nafar stajor-tadqiqotchi hamda 42 nafar mustaqil izlanuvchilar: doktorant (PhD) va 8 nafar pedagogika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasiga davogarlar (61 nafar) ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

 

 

   Bo‘lim tadqiqotchilari tomonidan yanvar-iyun oylari davomida: xalqaro jurnallarda 21 ta maqola, respublika jurnallarida 25 ta maqola,  respublika konferensiyalarida 35 ta maqola, xalqaro konferensiyalarida 24 ta maqola chop etildi va 9 ta mualliflik guvoxnomasi olindi hamda 16 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etildi.

    Mustaqil izlanuvchilardan Saidakbarov Husniddin “Axborot xavfsizligini ta’minlash asosida bo‘lajak mutaxasislarni kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”; Haitova Yulduz “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik jarayonining ijodiy-kommunikativ qobilyatlarini rivojlantirish” mavzusida, Xamidov Odil “Zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish orqali talabalarni kasbiy faoliyatini tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusida, Jiyanqulova Rahima Xayrullaevna “Professional ta’lim mazmunining milliy-qadriyatlar bilan integratsiyalashgan texnologiyalarini takomillashtirish” hamda Niyazova Naima  “Integratsiyalashgan axborot-ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyalarini himoya qilishdi.

 

 

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..