O‘zbekiston-Rossiya: professional ta’lim sohasida hamkorlikning yangi bosqichi
2020 yil 24-28 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Bugun, 25 dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Glushko boshchiligidagi delegatsiya bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda professional ta’lim sohasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarda muhokamalar o‘tkaziladi.
Jumladan, vazirlik huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Kasb-hunar ta’limi rivojlantirish instituti (IRPO) va Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi bitimlari imzolandi.