Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Institutda “Curriculum globALE” xalqaro dasturi asosida masofaviy malaka oshirish kurslari takshil etildi
Institutda “Curriculum globALE” xalqaro dasturi asosida masofaviy malaka oshirish kurslari takshil etildi

Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining DVV Toshkent filiali bilan hamkorlikda professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlari uchun kattalar ta’limi bo‘yicha “Curriculum globALE” xalqaro dasturi asosida masofaviy malaka oshirish kurslari takshil etildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 avgustdagi
432-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash, professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan qisqa muddatli kurslarga jalb etilgan pedagoglar uchun seminar –treninglar takshil etish maqsadida Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2020 yil 21 sentabrdagi 219/i.ch sonli buyrug‘iga asosan Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) Toshkent filiali bilan hamkorlikda professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlari uchun kattalar ta’limi bo‘yicha “Curriculum globALE” xalqaro dasturi asosida masofaviy malaka oshirish kurslari takshil etildi.

Masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha masofaviy malaka oshirish platformasi, platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi va kattalar ta’limi bo‘yicha “Curriculum globALE” xalqaro dasturining tegishli modullari bo‘yicha yaratilgan o‘quv metodik resurslar tizimga joylashtirildi.

Kattalar ta’limi bo‘yicha “Curriculum globALE” xalqaro dasturi asosida tashkil etilgan masofaviy malaka oshirish kursiga:

- Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari;

- Bosh prokuratura Akademiyasi;

- A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI;

- Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

- Respublika bo‘yicha barcha viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalari;

- Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professor-o‘qituvchilari, uslubchilari va doktorantlari;

- Respublika bo‘yicha barcha viloyat Professional ta’lim muassasalari

jami 144 nafar rahbar-xodimlar, professor-o‘qituvchilar, metodistlar jalb qilindi va ro‘yxat asosida 3 ta guruh tashkil etildi. Guruhlarga biriktirilgan tyutorlar tomonidan “Curriculum globALE” xalqaro dasturining 1-moduli 6 bosqichda olib borildi va 85 nafar ishtirokchi kursni muvaffaqiyatli yakunlab, DVV International tomonidan “Curriculum globALE” dasturining birinchi modulini yakunlaganligilari to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘ldi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..