Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi
Professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi

Ham kasbiy ta’limda o‘qib, ham o‘z yo‘nalishiga mos ishda ishlash – dual ta’lim demakdir. Hukumat qaroriga ko‘ra, dual ta’limda o‘quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta’lim oladi, qolgan kunlar ishlaydi; ishlagan kunlari uchun haq oladi.

     Vazirlar Mahkamasining «Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi.

     Dual ta’limni tashkil etish uchun hokimliklar va manfaatdor vazirliklar tomonidan o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi va taklif tayyorlanadi.

     Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili 1 iyulgacha dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan ta’lim muassasalarini belgilaydi.

     Tanlangan ta’lim muassasalari belgilangan kvotalar bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi.

     Ta’lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma tashkilot va o‘quvchi o‘rtasida ham tuziladi. Bunda o‘quvchi uchun tashkilotda muayyan ish o‘rni ajratiladi.

     O‘quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta’lim oladi, qolgan kunlar ishlaydi. O‘quvchiga ishlagan kunlari uchun haq to‘lanadi.

     Ma’lumot uchun, dual ta’lim ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizim hisoblanadi.

     O‘zbekistonda o‘rta maxsus bosqichda dual ta’lim shakli joriy etilishi prezidentning 2020 yil noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgandi.

 

 

Manba: kun.uz

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..