Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Vengriyaning yetakchi universiteti bilan bitim imzolandi
Vengriyaning yetakchi universiteti bilan bitim imzolandi

29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Vengriyaning Debretsen universiteti o‘rtasida mazkur universitetning ta’lim dasturlarini O‘zbekistonda amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash onlayn-marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Joriy yilning 16-17 fevral kunlari Budapesht shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davomida ikkitomonlama oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokaralar olib borilgan edi. Ushbu muzokaralarning mantiqiy davomi o‘laroq bugun, 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Vengriyaning Debretsen universiteti o‘rtasida mazkur universitetning ta’lim dasturlarini O‘zbekistonda amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash onlayn-marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosimda O‘zbekiston tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov boshchiligida vazir o‘rinbosari U.Begimkulov, Respublika oliy ta’lim kengashi raisi U.Umurzakov, Toshkent shahridagi nufuzli OTM rektorlari hamda Vengriya hukumati tomonidan Debretsen universiteti rektori Z.Silvashi, Vengriya rektorlar konfrensiyasi bosh sekretari Z.Dubesi va O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi favqulotda va muxtor elchisi A.Fayzullaevlar ishtirok etishdi.

   Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov va Debretsen universiteti rektori prof. Z. Silvashi tomonidan imzolangan ushbu bitim universitetning biotexnologiya, farmasevtika va qishloq xo‘jaligi kabi ta’lim sohalarida ta’lim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Tomonlar kelishuviga binoan Debretsen universiteti yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan o‘quv va ilmiy tajribasini O‘zbekistonda tadbiq etadi.

   Vengriya hukumati tomonidan ajratiladigan grantlar asosida har yili O‘zbekiston fuqarolari orasidan 100 kishi Vengriya oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun yuboriladi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Debretsen universitetida umumiy hisobda 28 mingdan ziyod talabalar, shu jumladan dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 6,3 mingdan ziyod chet ellik talabalar tahsil oladi.

 

 

 

Manba: edu.uz

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..