Professional ta’lim tizimida ilk marta Avgust seminarlari tashkil etilmoqda
Professional ta’lim tizimida ilk marta Avgust seminarlari tashkil etilmoqda

Professional ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha joriy yilning 23-28 avgust kunlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida Avgust seminarlari tashkil etilmoqda.

Avgust seminari yalpi majlisini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov kirish so‘zi bilan ochib berib, professional ta’lim tizimida erishilgan yutuqlar hamda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha kelgusida har bir rahbarlar belgilab olishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Avgust seminarlarida professional ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagogik kadrlarga ta’lim tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarni mazmun mohiyatini tushuntirish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘qitish usullarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashilishi maqsad qilib qo‘yilgan.

Avgust seminarlari ta’lim sohalar bo‘yicha 19 ta sho‘balari joriy yilning 28 avgustiga qadar davom etib barcha o‘qituvchi va ishlab chiqirish ustalari qamrab olinadi.

 

 

 

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..