Professional ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili qanday boshlanadi?
Professional ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili qanday boshlanadi?

2020 yil 16 sentabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Xolmuxamedov raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda professional ta’lim muassasalarida pandemiya sharoitida yangi 2020/2021 o‘quv yilini boshlash masalalari muhokama qilindi.

Videoselektor yig‘ilishida vazirlikning mas’ul boshqarmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdi.

 

2020/2021 o‘quv yilini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilandi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlarining hisobotlari eshitildi.

 

Ma’lumot uchun, 2020/2021 o‘quv yili uchun 339 ta kasb-hunar maktablariga 80 mingdan ortiq 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlar qabul qilindi. Hozirda yurtimizdagi 201 ta kollej va 185 ta texnikumga qabul jarayoni davom etmoqda. Hujjatlar shu yilning 25 sentabriga qadar qabul qilinadi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..