Ta'lim jarayonini tashkil etish kafedrasi

Ta'lim jarayonini tashkil etish kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3504-sonli qarori bilan Kasb-hunar ta'limi tizimini innovasion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etilgan. Ushbu qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida 2018 yil noyabr' oyida Ta'limda boshqaruv kafedrasi negizida “Ta'lim jarayonini tashkil etish” kafedrasi tashkil etilgan.

Maqsadi:

Kafedra to‘g‘risida ma'lumot

Ta'lim jarayonini tashkil etish kafedrasining asosiy maqsadi:

Kasb-hunar ta'limi tizimi raxbar xodimlari, maxsus fan o‘qituvchilari va muhandis-pedagoglariga KXT modernizasiyalashda konseptual yondashuv; Ta'lim jarayonini tashkil etish; Ta'lim menejmenti va marketingi; Kollejda biznesni yuritish; Kasb-hunar ta'limining o‘quv me'yoriy hujjatlari; Moliyaviy resurslarni rejalashtirish va boshqarish kabi modul birliklaridan mashg‘ulotlar olib boradi va tinglovchilarni kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashdan iborat.

Kafedraninig asosiy vazifalari va yo‘nalishlari:

• Mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyat talablari asosida, Kasb-hunar ta'limi, davlat ta'lim standartlariga asoslangan holda, shuningdek ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kasb-hunar ta'lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
• O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezidentning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son, 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5763-son va 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5812-son farmonlari hamda 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining hay'ati qarorlari va buyruqlari talablaridan kelib chiqqan holda raxbar va pedagog kadrlarining kasbiy ta'lim soxalarida zamonaviy o‘qitish metodikalari va ilg‘or ta'lim texnologiyalarini samarali qo‘llash bo‘yicha malakalarini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

Fuqarolar bilan ishlash qabul vaqti:
Seshanba va Chorshanba kunlari soat 14.00 dan – 16.00 gacha

Hodimlar tarkibi:
“Ta'lim jarayonini tashkil etish” kafedrasi 8,5 stavka hajmga ega bo‘lib, hozirda 11 nafar professor-o‘qituvchi (7 nafar asosiy, 2 nafar ichki o‘rindosh, 2 nafar tashqi o‘rindosh) faoliyat olib bormoqda. Shundan 5 nafar dosent, 6 nafar katta o‘qituvchidir.

Yangiliklarimizga obuna bo'lishni xohlaysizmi?

Bizning saytimizga a'zo bo'ling va eng birinchilardan bo'lib yangiliklardan xabardor bo'ling

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..