Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Institut haqida ma'lumot

Institut direktori
Institut direktori

Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 1991 yil, Toshkent xalq xо‘jaligi instituti (kunduzgi)
Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: iqtisodchi
Ilmiy darajasi: iqtisod fanlari doktori, professor

Telefon: +998 71 246 90 38

Email: z.xudayberdiyev@iirpo.uz

 

 

Vazifalari:
«Taʼlim toʼgʼrisida»gi qonun, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining taʼlim toʼgʼrisidagi qarorlari, taʼlim tizimining barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatlari asosida olib borilishini taʼminlaydi,kasb-hunar taʼlimini innovatsion rivojlantirish, taʼlim sifati va mazmunini taʼminlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga ixtisoslashtirilgan xorijiy va mahalliy muassasalar, universitet va institutlar, markazlar bilan oʼzaro hamkorlik qiladi, umumiy tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshiradi, Vazirlik va kasb-hunar taʼlimi Markazi tomonidan belgilangan topshiriqlar, rejalar, buyruqlar va koʼrsatmalarni amalga oshiradi, institutning ilmiy-uslubiy va oʼquv-tarbiyaviy faoliyati yoʼnalishlarini aniqlaydi, belgilangan tartibda joriy va istiqbol rejalarni tasdiqlaydi. Oʼzining oʼrinbosarlari, boshqarma va boʼlimlar hamda kafedralar oʼrtasida ilmiy tadqiqotlarni hamda vazifalarni taqsimlaydi, bajarilishini nazorat qiladi. Institut xodimlarining yuqori unumli ishlashi va tadqiqotlar samarasini oshirish uchun sharoit yaratadi, qonunlar, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, yongʼindan saqlanish, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat intizomi talablariga rioya qilishni taʼminlaydi.

Professional ta`limni rejalashtirish va rivojlantirish boʼyicha direktor oʼrinbosari
Professional ta`limni rejalashtirish va rivojlantirish boʼyicha direktor oʼrinbosari

Sharofaddinov Shixnazar Аnvarovich
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 2007 yil, Urganch davlat universiteti 2014 yil, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Аkademiyasi
Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: Milliy istiqlol gʼoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, menejment
 

Telefon: +998 71 246 81 70

Email: sh.sharofiddinov@iirpo.uz

 

Vazifalari:
Taʼlim standartlari, oʼquv rejalari, taʼlim dasturlarini ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni joriy etish va qoʼllash monitoringini olib boradi, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun innovatsion texnologiyalarga asoslangan oʼquv, metodik qoʼllanmalar, metodik tavsiyalar, elektron axborot taʼlim resurslari ini tayyorlash hamda taʼminotini ishlab chiqadi, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil eti shva audio-vizual hamda oʼqitishning boshqa koʼrgazmali vositalarini ishlab chiqish, eksperimental maydonlarda tajriba-sinovdan oʼtkazadi.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash boʼyicha direktor oʼrinbosari
Malaka oshirish va qayta tayyorlash boʼyicha direktor oʼrinbosari

Jalalov Anvarjon Qodirovich
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 1991-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti 2003-yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: Muhandis-mexanik, Davlat va jamiyat qurilishi magistri
Ilmiy darajasi: iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Telefon: +998 71 227 12 88

Email: a.k.jalolov@gmail.com


Vazifalari:
Oʼquv jarayonini, meʼyoriy-uslubiy taʼminotini boshqaradi va oʼquv-mavzu rejalari, dasturlarini tayyorlash, tuzish, ularga tegishli oʼzgartirish va yangiliklarni kiritib borilishini taʼminlaydi, qayta tayyorlash va malaka oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari qoshidagi institut, markaz va fakultetlar bilan oʼzaro hamkorlikni amalga oshiradi, darslarni tahlil qiladi va uning natijalarini muhokama qiladi hamda oʼqituvchilarga metodik yordam beradi, kafedra va boʼlimlarga biriktirilgan oʼquv xonalarini zamonaviy talablarga binoan jihozlashga metodik yordam beradi va nazorat qiladi, oʼquv jarayonida ilgʼor tajribalarni qoʼllash boʼyicha xorijiy hamda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, taʼlim jarayonida ilgʼor pedagogik va axborot texnologiyalarini, innovatsion va interfaol usullarni qoʼllashni tashkil etishni taʼminlaydi, oʼquv mashgʼulotlari jadvallarini tasdiqlaydi.

Moliyaviy va iqtisodiy masalalar boʼyicha direktor oʼrinbosari
Moliyaviy va iqtisodiy masalalar boʼyicha direktor oʼrinbosari

Yusupov Nodir Baxriddinovich
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 1998 yil, Samarqand qishloq xoʼjalik instituti 2005 yil, Samarqand davlat universiteti
Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: zooinjener, iqtisodchi

Telefon: +998 227 14 21

Email: n.yusupov@iirpo.uz

 

 

Vazifalari:
Xoʼjalik faoliyati, iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlarini amalga oshiradi, moliya-xoʼjalik faoliyati boʼyicha ish rejalari loyihasini tayyorlaydi, kafedralar, oʼquv va laboratoriya xonalari, tinglovchilar turar joylari hamda boshqa binolarni zarur jihoz va asbob-uskunalar bilan taʼminlaydi, xodimlar va tinglovchilar sihat-salomatligini va xavfsizligini taʼminlovchi sharoitlar yaratadi, binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini, qurilish, kapital va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qiladi va nazoratini olib boradi, byudjetdan tashqari mablagʼ topish boʼyicha tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiradi, obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish va tozalash ishlarini tegishli boʼlinma hamda texnik xizmat koʼrsatuvchi xodimlar bilan amalga oshiradi, institut mulklarini hisobga olish va saqlanishini taʼminlash, yaroqsiz boʼlganlarini hisobdan chiqarishni tashkil qiladi.

Professional ta'lim tizimi boshqaruv xodimlari malakasini oshirish, zahirasini maqsadli o‘qitish fakulteti dekani
Professional ta'lim tizimi boshqaruv xodimlari malakasini oshirish, zahirasini maqsadli o‘qitish fakulteti dekani

Shukurov Hikmatulla Izatovich
Ma'lumoti: Oliy
Tamomlagan: 1983 yil, Toshkent davlat tibbiyot instituti
Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: vrach epidemiolog

Telefon: +998 71 227 11 85

Email: h.shukurov@iirpo.uz


Vazifalari:
Fakultetning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun o‘quv, oʼquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirishda ishtirok etish, fakultetning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy va ilmiy- tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va boshqarish, fakultetning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha o‘quv rejalari bajarilishini ta'minlash, tinglovchilarni o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta'minlash, fakultetda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazilishi (ma'ruza, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ta'lim, ko‘chma mashg'ulot, loyixa ishlari)ni nazorat qilish, tinglovchilarning kirish va yakuniy testlari, davomati va o‘zlashtirishlarini nazorat qilish, Institut direktorining buyruqlari, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari farmoyishlari, topshiriqlari va ilmiy kengash qarorlarini kafedra mudirlari tomonidan belgilangan vaqtda ijrosini nazorat qilish.

Innovatsion loyihalar, fan va ta'lim texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i
Innovatsion loyihalar, fan va ta'lim texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i

Kurbanov Shavkat Ergashevich
Maʼlumoti: Oliy Tamomlagan: 1974 yil, Toshkent Politexnika instituti
Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: Muxandis-mexanik
Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari doktori, professor

Telefon: +998 71 246 88 03

Email: sh.e.qurbonov@mail.ru

Vazifalari:
Bo‘limning oylik, chorak, yarim yillik, yillik va istiqbol rejalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini ta'minlaydi. Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha kutilayotgan natijalar, shu bilan birga tadbiq etish va yakuniy maqsadlarni belgilaydi, joriy etadi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi, ilmiy maqolalar, metodik qoʼllanmalar chop etilishi, ilmiy konferentsiyalarni tashkil etilishini nazoratga oladi. O‘tkazilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalarning uslubi va vositalarini tanlaydi, tadqiqotlarning aniq mavzulari talabgorlik asosida ustida ishlaydi. Ilmiy tayanch markazlarida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazilishini tashkil qiladi va rahbarlik qiladi.

Professional ta‘limni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi
Professional ta‘limni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi

Raximov Sherzod Saidovich
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 2007-yil, Samarqand davlat universiteti 2015-yil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi
Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: tarix, jamiyat boshqaruvi

Email: sherikshox@bk.uz

 

Vazifalari:
WorldSkills  va ta'lim standartlarini ishlab chiqish, professional ta'limni o‘quv-metodik ta'minlash, ta'lim texnologiyalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, dual ta'lim va amaliyotlarni metodik ta'minlash bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ustuvor vazifalarini belgilash; professional ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega va profil fanlar, umukasbiy va maxsus fanlarni hamda o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari bo‘yicha o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, takliflar berish; o‘quv mashg‘ulotlar sifatini oshirishga qaratilgan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va joriy etish; maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining bilimlari, tajribasi hamda amaliy mahorati oshishiga ko‘maklashuvchi faol shakllar hamda usullarni tajriba-sinov tariqasida tayancha ta'lim muassasalarida sivovdan o‘tkazish, sinovlar natijasi bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash hamda ta'lim muassasalarining o‘quv tarbiyaviy jarayoniga joriy etish; o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘qitishning zamonaviy shakllarini, innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etishda professional ta'lim muassasalariga metodik yordam berish, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar, tadbirlar tashkil etish; Boshqarma uslubchilarning ta'limni metodik ta'minlashida innovatsion yondashuvchanligini oshirish maqsadida xorijda malaka oshirishini tashkil qilish bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritish; kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmalarining tegishli bo‘limlari ishlarini muvofiqlashtirish va ularga metodik yordam berishdan iborat.

Ta'lim texnologiyalari va o‘quv dasturlarini ishlab  chiqish bo‘limi boshlig‘i
Ta'lim texnologiyalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i

Ergashev Elyor Kamolovich
Ma'lumoti: Oliy
Tamomlagan: 2010-yil, Toshkent davlat texnika universiteti (kunduzgi) 2013-yil, Toshkent davlat texnika universiteti (magistr)
Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: energiya tejamkorligi, issiqlik elektr stansiyalari

Telefon: +998 71 227 19 23

Email: e.akademik@mail.ru

 

Vazifalari:
Ta'limning xalqaro standart tasniflagich darajalari bilan uyg‘unlashgan tabaqalashtirilgan professional ta'lim tizimining ta'lim standartlari, kasblar va mutaxassisliklarning malaka talablari, o‘quv reja va fan (modul) dasturlarni hamda ularning ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish; qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv reja va fan (modul) dasturlarni ishlab chiqish; aloqador vazirliklar, korxona va idoralar bilan hamkorlikda ta'lim standartlarini, o‘quv reja va fan (modul) dasturlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar kelishuvidan o‘tkazish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash ishlarini muvofiqlashtirish; ta'lim standartlarini, o‘quv reja va fan (modul) dasturlarni o‘rnatilgan tartibda ta'lim muassalariga yetkazish, ularni o‘quv jarayoniga joriy etilishini ta'minlash; kasblar va mutaxassisliklarning ta'lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan (modul) dasturlarning mazmuni, mohiyati va ularning ta'lim texnologiyalarini amalda qo‘llash bo‘yicha seminarlar, vebinarlar va konferensiyalar tashkil etish; institut rahbariyatini hisobot, axborot va tahliliy materiallar bilan muntazam ta'minlab borish; yuqori turuvchi tashkilotlar, vazirlik va idoralardan kelgan xat va hujjatlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, tahlil qilish va ularga javob tayyorlashdan iborat.

Raqamli ta'lim texnologiyalari boshqarmasi
Raqamli ta'lim texnologiyalari boshqarmasi

Abrayqulov Abdimalik Umbarovich
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 2011-yil, M.Ulug‘bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti (kunduzgi) 2014-yil, M.Ulug‘bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti Mexanika va matematika fakulteti (magistr)
Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti

Telefon: +998 71 246 44 56

Email: a.abrayqulov@gmail.com

 

Vazifalari:
Professional ta’lim sohasida interaktiv xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, elektron ta’lim va ta’lim jarayonini boshqarishning elektron tizimini joriy etish ishlarini tashkil qilishdan iborat.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonini o‘quv-metodik ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i
Malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonini o‘quv-metodik ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i

Jo‘raev Elbek Sa'dullayevich
Ma'lumoti: Oliy
Tamomlagan: 2007-2009-yillar, Toshkent davlat pedagogika instituti
Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:ona tili va adabiyoti oʼqituvchisi
 

Email: elbek-jon.1984@mail.ru

 

Vazifalari:
Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘limda mehnat taqsimotini amalga oshiradi, bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlaydi hamda bo‘limga yuklangan maqsad va vazifalarning bajarilishi, o‘quv reja va dasturlarni hamda normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqishni talab darajasida tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun javob beradi, institut fakultetlari va kafedralari bilan doimiy aloqada bo‘lish hamda ularning malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha taklif, muloxazalarini o‘rganib borib, zarur chora-tadbirlar belgilashda ishtirok etadi, kasb-hunar taʼlimi tizimining rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash normativ-metodik hujjatlarini (nizom va yoʼriqnomalarini), namunaviy va ishchi oʼquv rejalarini ishlab chiqishni, ularning doimiy takomillashtirilib borilishini metodik boshqaradi.

WorldSkills va ta'lim standartlarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i
WorldSkills va ta'lim standartlarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i

Xushmurodov Dadaxon Raimovich
Ma'lumoti: Oliy
Tamomlagan: 2000 yil, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2017 yil, Samarqand davlat chet tillari instituti
Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: xalqaro munosabatlar, Ingliz tili o‘qituvchisi
 

Email: dadaxon45@gmail.com

 

Vazifalari:
Worldskills Uzbekistan va Worldskills tashkilotlar, assotsiatsiyalari, uyushmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; Worldskills tashkilotlar, assotsiatsiyalari, uyushmalar bilan Memorandumlar imzolash; Worldskills standartlari asosida o‘qitish texnologiyalarini kiritish; Worldskills xalqaro standartlarni muntazam o‘rganib borish; Worldskills xalqaro kvalifikatsiyalarni muntazam o‘rganib borish; Worldskills xalqaro standartlarni milliy professional ta'lim jarayoniga bosqichma-bosqich moslashtirib borish; Worldskills xalqaro standartlarni milliy professional ta'lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha Pilot professional ta'lim muassasalarini, kasblarni tanlash va joriy etish; Pilot professional ta'lim muassasalari raxbarlarini, pilotga mas'ullarni  Worldskills xalqaro standartlari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish; Worldskills xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan ekspertlarni tayyorlash; Worldskills xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan ishtirokchilarni tayyorlash; Worldskills xalqaro standartlarni, Worldskills kvalifikatsiyalarni o‘zbek va rus tillariga tarjima qilish; Worldskills xalqaro standartlarni, Worldskills kvalifikatsiyalar asosida o‘quv dasturlar ishlab chiqish; Worldskills xalqaro standartlarni, Worldskills kvalifikatsiyalar asosida yangi formatdagi baholash tizimini joriy etish; Worldskills xalqaro standartlari asosida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarga audio-vizual va boshqa amaliy vositalarini ishlab chiqish; Worldskills xalqaro standartlari, kvalifikatsiyalari, chempionatlarda ishtirok etish va uni tashkillashtirish jarayonlarini yoritishga oid onlayn, oflayn mashg‘ulotlar, seminar-treninglar, master klasslar hamda individual konsultatsiyalar shaklida faoliyat yuritishida uslubiy yordam ko‘rsatish; Worldskillsni tashkil etish, monitoring qilishda hududiy kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalariga metodik rahbarlik qilishdan iborat.

Monitoring va baholash bo`limi boshligʼi
Monitoring va baholash bo`limi boshligʼi

Masavirov Farrux Аhmadjonovich
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 2007-yil, Toshkent davlat pedagogika universtiteti
Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: Milliy istiqlol gʼoyasi, maʼnaviyat asoslari va huquqi

Telefon: +998 71 246 90 39

Email: f.masavirov@mail.ru

 

Vazifalari:
Meʼyoriy hujjatlarning qoʼllanilishi yuzasidan uslubiy va amaliy yordam koʼrsatadi, kasb-hunar taʼlimi tizimining rahbar va pedagogik kadrlarining, oʼqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasbiy salohiyativa pedagogik mahoratini baholash, toifa darajalarini belgilash mezonlarini ishlab chiqishni, toifa darajalari berish mezonlari asosida baholashni tashkil etadi, malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim sifati va samaradorligini, portfolio natijalarini, oʼzlashtirish sifati va natijalarini nazorat qiladi, ular boʼyicha doimiy monitoring yuritilishini tashkil etadi, malaka oshirish va qayta tayyorlashda oʼqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bilim va malakalarini oldindan tashxislaydi. boʼlimning ish rejalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini taʼminlaydi, hisobotlar tayyorlaydi, maxfiy axborotni sir tutadi hamda oʼz ishi haqida, ish beruvchining faoliyati haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga fosh qilmaydi.

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2021. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..