Professional ta'limni raqamlashtrish laboratoryasi
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarli 2020-yil 6-avgust
kuni о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 62-sonli bayonining 26-bandida
Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Professional ta'limni
rivojlantirish institutida “Professional ta’limni
raqamlashtirish laboratoriyasi”ni tashkil etish tо‘g‘risida
kо‘rsatma berilgan.
Laboratoriya Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 5-oktabrdagi
“Professional ta’limni raqamlashtirish laboratoriyasini tashkil etish
tо‘g‘risida”gi 516-son qarori hamda Institutning 2020-yil 10-oktabrdagi
229-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.
Laboratoriyaning maqsadi – professional ta’limni raqamlashtirish, multimedia va
elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqadigan va amaliyotga joriy etadigan
asosiy tuzilma hisoblanadi.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari:
professional ta’lim tizimi uchun о‘quv-metodik adabiyotlarining yangi avlodini
ishlab chiqish va joriy etish;
kasb va mutaxassisliklar bо‘yicha video instruktor va 3D modellarni yaratish
ishlarini tashkil etish;
virtual reallik (VR/AR) texnologiyalarini qо‘llagan holda virtual
laboratoriyalarni tashkil qilish;
professional ta’lim muassasalarida о‘qitilayotgan kasb va mutaxassisliklar
bо‘yicha elektron didaktik materiallar (plakat, chizma, taqdimot)ning yangi
avlodini yaratish va joriy etish;
maxsus fanlar va о‘quv amaliyotlari yо‘riqli texnologik xaritalarni
takomillashtirish ishlarini tashkil qilish;
maxsus fanlar va о‘quv amaliyotlari yо‘riqli texnologik xaritalarni
takomillashtirish ishlarini tashkil qilish;
professional ta’lim muassasalarida elektron kutubxonalarni bosqichma-bosqich
tashkil etishda va rivojlantirishda ishtirok etish;
professional ta’lim muassasalarida axborot-resurs markazlarining ma’lumotlar
bazasiga elektron resurslar bilan ta’minlashda va ulardan foydalanish bо‘yicha
uslubiy jihatdan amaliy yordam kо‘rsatish;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning bajarilishida bevosita
ishtirok etish.
Laboratoriya о‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq va ular ijrosini
ta’minlash maqsadida quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
professional ta’lim muassasalarini boshqarishni avtomatlashtirish, ularga
metodik ta’minot sifatini oshirish, fanlar kesimida pedagoglar bazalarini
shakllantirish va ular orasidan ekspert о‘qituvchilarni saralashga
yо‘naltirilgan tizimlar ishlab chiqish;
professional ta’lim muassasalarida о‘quvchilarga bilim berishda foydalanish
uchun ta’lim beradigan multimedia ilovalarini, audio, vizual va virtual ta’lim
vositalarini ishlab chiqishini hamda ta’lim jarayoniga
joriy etishini tashkil etadi;
elektron shakldagi о‘quv-metodik adabiyotlarning bazasini shakllantirish,
tizimlashtirish va ta’lim platformalariga joylashtirish;
professional ta’limi tizimida videokonferensiya aloqalarni samarali yо‘lga
qо‘yish orqali uzluksiz masofaviy metodik xizmatni tashkil etadi;
professional ta’lim muassasalarida ta’limga virtual reallik texnologiyalari,
simmulyatorlar, videoinstruktorlarni joriy etadi;
professional ta’lim samaradorligini oshirishga yо‘naltirilgan ilg‘or xorijiy va
milliy tajribalari, jumladan zamonaviy virtual о‘quv laboratoriyalarini
yaratish, virtual-masofaviy о‘qitish texnologiyalari rivojlantirish
tajribalarini о‘rganadi va amaliyotga joriy etadi;
laboratoriyada ishlangan innovatsion ishlanmalarga intellektual mulk huquqini
tasdiqlovchi patentlar, mualliflik guvohnomalari yoki boshqa hujjatlarni olish
ishlarini amalga oshiradi.