Web sayt test rejimida ishlamoqda!!!





Ilmiy kengash

E-kutubxona

Ilmiy kengash haqida

Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.48.01-raqamli Ilmiy kengash OAKning 2017 yil 27 iyulidagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Ilmiy kengashga 13.00.05-Kasb-hunar taxlimi nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan Pedagogika fanlari bo‘yicha dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilib olishga ruxsat etilgan.

Ilmiy kengashda 32 nafar  izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlarini himoya qildilar, shulardan 4 tasi fan doktori (DSc) bo‘lib, 4 nafar izlanuvchi muddatidan oldin himoya qildilar.

Hozirgi kunda mazkur bo‘limda 14 nafar izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar; ulardan 1-kursda 3 nafar tayanch doktorant va 5 nafar mustaqil izlanuvchilar tashkil etadi.

Rejaga muvofiq tayanch doktrantura va mustaqil izlanuvchilar uchun joriy yilning yanvar, fevral va may oylarida 13.00.05-Kasb-hunar ta’lim nazariyasi  va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtohonlar tashkil etilib kelinmoqda.

2020 yil uchun institut tayanch doktorantura va doktoranturaga izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘rin ajratilgan:

  1. Tayanch doktoranturaga 13.00.05- Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi – 4 ta o‘rin.
  2. Doktoranturaga 13.00.05- Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi – 1 ta o‘rin.

O‘rnatilgan tartibda hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish ishlari amalga oshiirilib kelinmoqda.

Ilmiy kengash haqida

Barcha huquqlar himoyalangan. © 2004-2020. Ushbu saytda chop etilgan materiallarning to'liq yoki qisman ishlatilishida va keltirilishida rasmiy sayt manzili ko'rsatilishi shart..