Hududiy fakultetlarning maqsadi va vazifalari

    Hududiy fakultetlarning asosiy maqsadi kasbiy bilim ko‘nikma malakalarni chuqurlashtirilgan hamda doimiy yangilab borilishini ta’minlash, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi oshishiga xizmat qiladigan zarur kompetensiyalarni egallashini ta’minlash.

    Hududiy fakultetlarning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • kontingentning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini uzluksiz;
  • yangilab borishni, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida ta’lim sifatini ichki nazoratini amalga oshirish;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishda Internet jahon axborot tarmog‘i, multimedia tizimlari, masofadan o‘qitish usullari, va binar texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni o‘quv jarayoniga qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • kasbiy bilim, ko‘nikma va malakani uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish;
  • ilmiy-pedagogik salohiyatdan kelib chiqib, kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirishning shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish;
  • ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali boshqaruv hamda pedagog kadrlarning tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan malakaviy talablarni takomillashtirish;
  • o‘z qamrovidagi professional ta’lim muassasalaridan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan tinglovchilarning prognoz ko‘rsatkichlarini har yili dekabr oyiga kadar Institutga taqdim etish;
  • malaka oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita shakllaridan amalda foydalanish, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash.

  • Hududiy filiallar

    Hududiy fakultet nomi Ta’lim muassasasining manzili Fakultetlar tashkil etiladigan professional ta’lim muassasasi nomi
    1 Qaraqalpog‘iston Respublikasi hududiy fakulteti Nukus tumani, Akmang‘it ko‘chasi, 1-uy Nukus tuman kasb-hunar maktabi
    2 Andijon viloyat hududiy fakulteti Andijon shaxri, Nodira ko‘chasi, 1-uy Andijon shahar 3-son kasb-hunar maktabi
    3 Buxoro viloyat hududiy fakulteti Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasi, 45-uy Buxoro shahar kasb-hunar maktabi
    4 Jizzax viloyat hududiy fakulteti Jizzax shahri, Sangzor ko‘chasi, 84-uy Sh. Rashidov tuman 1-son kasb-hunar maktabi
    5 Qashqadaryo viloyat hududiy fakulteti Beshkent shahri, Mustaqillik Ko‘chasi, 151-uy Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumi
    6 Navoiy viloyat hududiy fakulteti Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi, 33-uy Navoiy shahar kasb-hunar maktabi
    7 Namangan viloyat hududiy fakulteti Namangan shahri, A.Temur ko‘chasi, 101-uy Namangan shahar 2-son kasb-hunar maktabi
    8 Samarqand viloyat hududiy fakulteti Samarqand shahri, M. Bedil ko‘chasi, 16-uy Samarqand shahar kasb-hunar maktabi
    9 Sirdaryo viloyat hududiy fakulteti Navro‘z shaharchasi, Mustaqillik ko‘chasi, 1-uy Mirzaobod texnologiya texnikumi
    10 Surxondaryo viloyat hududiy fakulteti Termiz shahri, Taraqqiyot ko‘chasi, 17-a uy Termiz shahar kasb-hunar maktabi
    11 Farg‘ona viloyat hududiy fakulteti Farg‘ona tumani, Fargְ‘ona ko‘chasi Farg‘ona transport va servis texnikumi
    12 Toshkent viloyat hududiy fakulteti O‘rta Chirchiq tumani, Farovon ko‘chasi, uy Nurafshon shahar kasb-hunar maktabi
    13 Xorazm viloyat hududiy fakulteti Urganch shahri, Sheroziy kuchasi, 23 uy Urganch shahar 1-son kasb-hunar maktabi
    14 Toshkent shahar hududiy fakulteti Toshkent shahri, Beltepa mavzesi, 10-uy Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabii