Institut haqida

  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va о‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4391-sonli qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti negizida О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional Ta'limni rivojlantirish instituti tashkil etilgan.
  • Institut O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi muassasa bo‘lib, Professional ta’lim tizimida innovatsion rivojlantirishni, rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat ta’lim muassasasidir.
  • Institut belgilangan maqsadga erishish hamda professional ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirish bо‘yicha quyidagi uch asosiy yо‘nalishlarda о‘z faoliyatini amalga oshiradi:
  • professional ta’limni rejalashtirish va rivojlantirish;
  • rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
  • о‘quv adabiyotlari va meyoriy hujjatlarni nashr qilish.
  • Institutga iqtisod fanlari doktori, professor Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich rahbarlik qiladi.
  • 100095, Toshkent shahar, Olmazor tumani, 2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy